USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Bekmurod Abdullayevga oid yirik korruptsiya işi sudiga jurnalistlar kiritilmadi

107 марта
Бекмурод Абдуллаевга оид йирик коррупция иши судига журналистлар киритилмади

Içki işlar vazirining sobiq örinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boşliği Bekmurod Abdullayev va Jazoni ijro etiş departamenti sobiq boşliği Rustam Tursunov hamda yana 28 kişiga oid jinoyat işi böyiça sud majlisiga jurnalistlar kiritilmadi. Bu haqda sud majlisi bölib ötayotgan Jinoyat işlari böyiça Yunusobod tumani sudida bölib turgan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi. 

Gap şundaki, sobiq mulozimlar Bekmurod Abdullayev, Rustam Tursunov va yana 28 kişiga oid jinoyat işini körib çiqilişi bugun, 29 iyul kuni Jinoyat işlari böyiça Yangihayot tumani sudiga belgilangan edi. Biroq, sud majlisi oxirgi daqiqalarda Jinoyat işlari böyiça Yunusobod tumani sudiga köçirildi, bu haqda avvaldan ogohlantiriş berilmadi. 

Yangihayot sudidan bazör Yunusobod tumani sudiga yetib borgan jurnalistlar Sanjar Maxametov raisligida ötayotgan sud majlisiga kiritilmagan. Bunga vaj sifatida sud yopiq tarzda ötkazilayotgani keltirilgan. 

QALAMPIR.UZ qölga kiritgan malumotlarga köra, iş hamon Jinoyat işlari böyiça Yangihayot tumani sudi yurituvida qolmoqda. Faqat javobgarlikka tortilganlar, guvohlar va ayblanuvçilarning qarindoşlari köpligi inobatga olinib, kattaroq zalga ega bölgan bino – Jinoyat işlari böyiça Yunusobod tumani sudiga köçirilgan. 

Malumot uçun, sud hujjatlariga köra, Bekmurod Abdullayev Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş)  3-qismi “a”, “b” va “g” bandlari böyiça ayblanmoqda.

Mazkur jinoyat işi doirasida jami 30 nafar şaxsga nisbatan ayblov qöyilgan. Qayd etilişiça, ularning aksariyati Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi “a” va “v” bandlari bilan bir qatorda boşqa iqtisodiy va mansabga oid jinoyatlarda ham ayblanmoqda.

Ilova qilingan sud röyxatiga köra, ayblanuvçilar orasida sobiq mansabdorlar Hoşim Yöldoşev, Jahongir Qurbonov, Dilşod Taşev va Rustam Tursunov ham bor. Ularga nisbatan özlaştiriş yoki rastrata, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiistemol qiliş, mansab soxtakorligi, şuningdek ayrim holatlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş kabi moddalar böyiça ayblovlar ilgari surilgan.

Eslatib ötamiz, 2021 yilning aprelida Içki işlar vazirining örinbosari lavozimiga tayinlangan Bekmurod Abdullayev 2025 yilning 3 noyabr kuni işdan böşatildi. 2026 yilning 27 yanvar kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligi Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Qöriqlaş boşqarmasida ötgan videoselektor yiğilişida Bekmurod Abdullayev va Jazoni ijro etiş departamenti boşliği Rustam Tursunovga nisbatan Içki işlar vazirligi tizimidagi davlat xaridlari doirasida 186 milliard söm byudjet mablaği talon-toroj qilingani böyiça jinoyat işi qözğatilgani, vazir örinbosari qamoqqa olingani aytildi. Aprel oyining örtalariga kelib, Bekmurod Abdullayev tomonidan davlatga yetkazilgan zarar qoplab berilgani uçun ozodlikka çiqqani haqida xabarlar tarqaldi, biroq huquq-tartibot organlari bu xabarlarni tasdiqlagani yöq, lekin rad ham etmadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: