Abdullayev sudi nega yopiq ötkazilayotgani sababi aytildi
Içki işlar vazirining sobiq örinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boşliği Bekmurod Abdullayev, Jazoni ijro etiş departamenti sobiq boşliği Rustam Tursunov va yana 28 kişiga oid jinoyat işi şaxsiy hayotga oid hamda qonun bilan muhofaza etiladigan boşqa malumotlar mavjudligi sababli yopiq sud majlisida körilmoqda. Bu haqda Toşkent şahar sudlari Telegram-kanalida malum qildi.
Gap şundaki, bugun, 29 iyul kuni Içki işlar vazirining sobiq örinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boşliği Bekmurod Abdullayev, Jazoni ijro etiş departamenti sobiq boşliği Rustam Tursunov va yana 28 kişi ayblanayotgan korruptsion iş böyiça Yangihayot tuman sudida birinçi mahkama bölib ötişi belgilangan edi. Sud kutilmaganda heç qanday ogohlantirişsiz Jinoyat işlari böyiça Yunusobod tumani sudida ötkaziladigan böldi. Bunga heç bir rasmiy izoh bermadi. Bu ham yetmagandek, JIB Yunusobod tumani sudiga yetib borgan ommaviy axborot vositalari xodimlari sud binosiga kiritilmadi, ularga sud yopiq tarzda ötkazilayotgani aytildi.
Sud binosi oldida hozir bölgan QALAMPIR.UZ muxbiri voqea joyidan Sanjar Maxametov raisligida ötayotgan sud majlisiga jurnalistlar kiritilmagani, tuşuntiriş berilmagani, holbuki, sud tomonlar sudning yopiq ötişi, unga jurnalistlarning kiritilmasligi böyiça iltimosnoma kiritgan yo kiritmagani haqida malumot mavjudmasligi haqida axborot berdi.
Oradan köp ötmay, Toşkent şahar sudlari uşbu sud majlisi xususida rasmiy bayonot berib, sudning yopiq ötkazilişiga quyidagi vajni keltirdi:
“Qayd etilgan jinoyat işlarida şaxsiy hayotga oid hamda qonun bilan muhofaza etiladigan boşqa malumotlar mavjudligidan kelib çiqib, sud ajrimlariga asosan, jarayon yopiq sud majlisida körib çiqilişi belgilandi”.
Malumot uçun, sud hujjatlariga köra, Bekmurod Abdullayev Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi “a”, “b” va “g” bandlari böyiça ayblanmoqda.
Mazkur jinoyat işi doirasida jami 30 nafar şaxsga nisbatan ayblov qöyilgan. Qayd etilişiça, ularning aksariyati Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi “a” va “v” bandlari bilan bir qatorda boşqa iqtisodiy va mansabga oid jinoyatlarda ham ayblanmoqda.
Ilova qilingan sud röyxatiga köra, ayblanuvçilar orasida sobiq mansabdorlar Hoşim Yöldoşev, Jahongir Qurbonov, Dilşod Taşev va Rustam Tursunov ham bor. Ularga nisbatan özlaştiriş yoki rastrata, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiistemol qiliş, mansab soxtakorligi, şuningdek ayrim holatlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş kabi moddalar böyiça ayblovlar ilgari surilgan.
Eslatib ötamiz, 2021 yilning aprelida Içki işlar vazirining örinbosari lavozimiga tayinlangan Bekmurod Abdullayev 2025 yilning 3 noyabr kuni işdan böşatildi. 2026 yilning 27 yanvar kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligi Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Qöriqlaş boşqarmasida ötgan videoselektor yiğilişida Bekmurod Abdullayev va Jazoni ijro etiş departamenti boşliği Rustam Tursunovga nisbatan Içki işlar vazirligi tizimidagi davlat xaridlari doirasida 186 milliard söm byudjet mablaği talon-toroj qilingani böyiça jinoyat işi qözğatilgani, vazir örinbosari qamoqqa olingani aytildi. Aprel oyining örtalariga kelib, Bekmurod Abdullayev tomonidan davlatga yetkazilgan zarar qoplab berilgani uçun ozodlikka çiqqani haqida xabarlar tarqaldi, biroq huquq-tartibot organlari bu xabarlarni tasdiqlagani yöq, lekin rad ham etmadi.