USD: 12,009 so'm EUR: 13,688 so'm RUB: 154 so'm GBP: 15,897 so'm CNY: 1,770 so'm KZT: 25 so'm TRY: 257 so'm AED: 3,270 so'm USD: 12,009 so'm EUR: 13,688 so'm RUB: 154 so'm GBP: 15,897 so'm CNY: 1,770 so'm KZT: 25 so'm TRY: 257 so'm AED: 3,270 so'm

Saytdan izlash

Saqlangan xabarlar

Sizda hozircha saqlangan xabarlar yo'q!

Yangiliklarni o'qish

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkiya fohishalikka majburlangan o‘zbekistonlik ayollarni deportatsiya qildi

404 марта
Turkiya fohishalikka majburlangan o‘zbekistonlik ayollarni deportatsiya qildi

Fohishalikka majburlangan 3 nafar o‘zbekistonlik ayol Turkiyadan deportatsiya qilindi. Bu haqda “Turk haber” xabar berdi.


Qayd etilishicha, Turkiyaning Ig‘dir viloyatida Bosh prokuratura tergovi doirasida viloyat Polisiya boshqarmasining qochoqlar va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi 3 oy davom etgan surishtiruv natijasida odam savdosi, fohishalik va giyohvand moddalarga oid jinoyatlarga qarshi keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazgan.

Operatsiya davomida chet ellik ayollar Ig‘dirdagi ko‘ngilochar muassasalarda ishlashga majburlangani, zo‘rlab fohishalikka jalb qilingani hamda mamlakatda qolish muddati tugagan chet elliklarga soxta hujjatlar tayyorlab berilgani aniqlangan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar joriy yilning 24 may kuni 9 ta ko‘ngilochar muassasada reyd uyushtirgan. 

Operatsiya oldidan ma’lumotni oshkor qilgan shaxs bilan birga 12 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Operatsiya davomida 3 nafar gumonlanuvchi ozod etilgan. Qolgan 9 kishining ishi sudga oshirilib, qamoqqa olingan.

Shuningdek, operatsiya davomida fohishalikka majburlangani aniqlangan 25 nafar Ozarbayjon, 78 nafar Eron, 1 nafar Qirg‘iziston va 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi – jami 107 nafar ayol deportatsiya qilingan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: