Kontent uçun muşuk bolasini uloqtirganlar jazolandi
Köproq kuzatuvçi yiğiş uçun muşuk bolasini baland tösiq orqali otgan yigit jazolandi. Ularning qilgan işi ijtimoiy tarmoqlarda katta etirozlarga sabab böldi. Bu haqda Andijon viloyati Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.
Aniqlanişiça, voqea joriy yilning 27 iyul kuni Andijon şahridagi “Navruz Mall” savdo-köngiloçar majmuasi oldida sodir bölgan. Şahrixon tumanida yaşovçi, 2008 yilda tuğilgan fuqaro köproq kuzatuvçi yiğiş maqsadida muşuk bolasini quriliş maydonçasiga uloqtirgan.
Uşbu hodisa uning 2006 yilda tuğilgan tanişi tomonidan videoga olingan. Keyinçalik video 18 yoşli yigitning Instagram sahifasiga joylaştirilgan.
Qayd etilişiça, huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan holat örganilgan hamda ularga nisbatan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş) bilan mamuriy bayonnomalar rasmiylaştirilgan.
Sud qaroriga köra, huquqbuzarlarning har biriga bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravari, yani 4 million 120 ming sömdan jarima jazosi tayinlangan.
Voqeadan söng, yigitlar qilgan işlaridan puşaymon ekanini bildirib, jamoatçilikdan uzr söragan.
“Javohir muşukni olib otgan, men esa videoga olganman. Öşa paytda uni töxtatişim kerak edi, lekin bunday qilmaganman. Bu işimizdan qattiq puşaymonmiz, boşqa takrorlanmaydi. Boşqalarga ham bunday harakatlarni tavsiya qilmaymiz”, deya takidlagan ular.
Bildirilişiça, hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabat nafaqat axloqiy meyorlarga, balki qonunçilik talablariga ham zid. Ijtimoiy tarmoqlarda maşhurlikka erişiş yoki köproq auditoriya yiğiş maqsadida qonunga xilof harakatlarni sodir etiş javobgarlikka sabab böladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Çelyabinsk şahrida Özbekiston fuqarosi yovvoyi hayvonlar boşpanasida silovsinga yaqinlaşişga uringani ortidan jarimaga tortilgani haqida xabar berilgan edi.