Jizzaxda ayol qöşnisining bolasini şafqatsizlarça kaltakladi
Jizzax viloyatida ayol qöşnisining bolasini şafqatsizlarça kaltakladi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 19 iyun kuni Şarof Raşidov tumanida yaşovçi fuqaro M.I. tuman Içki işlar bölimiga murojaat qilib, 2015 yilda tuğilgan voyaga yetmagan farzandi mahalladoşi N.N. tomonidan haqorat qilinib, tan jarohati yetkazilganini bildirgan. Şuningdek, unga nisbatan qonuniy çora körilişini söragan.
Mazkur holat böyiça tayinlangan sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga köra, voyaga yetmagan bolada yengil tan jarohati aniqlangan.
Şuningdek, 20 iyun kuni fuqaro N.N. ham tuman IIBga murojaat qilib, mazkur voqea davomida uning voyaga yetmagan farzandlariga ham tan jarohati yetkazilganini malum qilgan. Uşbu holat yuzasidan ham sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Bildirilişiça, hozirda holat yuzasidan Şarof Raşidov tumani Içki işlar bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq erkak ösmirlarning muştlaşuviga aralaşib, ulardan birini kaltaklagan erkakka nisbatan jinoyat işi qözğatilgan edi.