Qaşqadaryoda qariyb 3 mlrd sömlik elektr ömarildi
Qaşqadaryo viloyatida qariyb 3 milliard sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspektsiyasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Boş prokuratura ştabi tomonidan Qamaşi tumanida ötkazilgan tekşiruvda “A. J.” fermer xöjaligiga qaraşli suv nasoslari elektr tarmoğiga hisoblagiçni çetlab ulanganligi aniqlangan. Oqibatda 2 milliard 272 million sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani malum bölgan.
Şuningdek, Kasbi tumanida fuqaro Ye. Ş. ga qaraşli suv nasoslarida ham xuddi şunday qoidabuzarlik qayd etilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, uşbu holatda davlat byudjetiga 572 million sömlik zarar yetkazilgan.
Bundan taşqari, Şahrisabz tumanidagi “Ş. I.” MÇJga qaraşli korxonada elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulaniş holati aniqlanib, elektr taminoti korxonasiga yetkazilgan 113 million sömlik zarar qayta hisob-kitob qilingan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namanganda 11 mlrd sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona aniqlangandi.