Toşkentda ikki yölovçi avtobusi töqnaşib ketdi
Toşkent şahrining Yunusobod tumanida ikki yölovçi avtobusi töqnaşib ketdi. Oqibatda bir nafar yölovçi tan jarohati oldi. Bu haqda “Toşşahartransxizmat” AJ xabar berdi.
Malum qilinişiça, hodisa joriy yilning 2 avgust kuni soat 08:10 atrofida Amir Temur şoh köçasidagi “Yulduz” bekati oldida yuz bergan. 2-avtobus saroyiga qaraşli 17-sonli yönalişda harakatlangan Yutong avtobusi haydovçisi ehtiyotsizlik oqibatida bekatda töxtab turgan 18-avtobus saroyiga tegişli 85-sonli yönalişdagi Yutong elektrobusining orqa qismiga urilgan.
Hodisa oqibatida boşqa avtobusdagi bir nafar yölovçi tan jarohati olgan. Haydovçi uni zudlik bilan tez tibbiy yordam avtomobilida Toşkent davlat tibbiyot universiteti stomatologiya klinikasiga olib borgan. Jabrlanuvçiga zarur tibbiy yordam körsatilgaç, uyiga javob berilgan.
Bildirilişiça, yöl-transport hodisasi oqibatida texnik şikastlangan har ikki avtobusni qayta yönalişga çiqariş böyiça tamirlaş işlari olib borilmoqda. Mazkur holat Toşkent şahar IIBB YHXB masul xodimlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylaştirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanida Tracker va yölovçilar bilan harakatlanib kelayotgan avtobus özaro yöl-transport hodisasini sodir etgan edi.