Samarqandda 1,2 mlrd sömlik “svet” ömarildi
Samarqand viloyatida 1,2 mlrd sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş bilan boğliq ikki holat foş etildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspektsiyasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Boş prokuratura ştabi tomonidan Samarqand viloyatining Narpay tumanida ötkazilgan nazorat tadbirida “X.B.” yakka tartibdagi tadbirkorga qaraşli noturar bino elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulangan holda 433 million sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Şuningdek, şunga öxşaş holat Samarqand şahrida fuqaro B.Ş.ga qaraşli noturar binoda ham qayd etilgan. Uşbu qoidabuzarlik oqibatida elektr taminoti korxonasiga 769 million sömlik zarar yetkazilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryo viloyatida qariyb 3 milliard sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlangan edi.