Navoiyda quvurlarni tamirlayotgan işçi qum bosib, vafot etdi
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yer ostidan ötgan eski quvurlarni tamirlaş vaqtida qum bosişi oqibatida işçi halok böldi. Bu haqda Boş prokuraturaning matbuot xizmatining rahbari Hayot Şamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga malum qildi.
Qayd etilişiça, keça, 7 avgust kuni Qiziltepa tumani “A.Navoiy” mahallasi hududidagi “Sfat plyus quriliş” MÇJda yollanma işçi bölib işlab kelayotgan S. Qurbonov yer ostidan ötgan eski quvurlarni tamirlayotgan vaqtida qum bosişi oqibatida voqea joyida halok bölgan.
Hodisa haqida xabarni Qiziltepa tumani markaziy şifoxonasi qabul bölimi hamşirasi bergan.
Malumotlarga köra, marhum 1967 yil 8 mayda tuğilgan bölib, Qiziltepa tumani “Yaşnaobod” mahallasida yaşagan. U oilada 4 nafar farzand – bir öğil va 3 qizning otasi bölgan hamda yakka tartibdagi iş faoliyati bilan şuğullanib kelgan.
Bildirilişiça, mazkur hodisa yuzasidan Qiziltepa tumani IIB xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Xatirçi tumanidagi toğ hududiga oltin qazib oliş maqsadida borgan 4 nafar fuqarodan 3 nafari noqonuniy qazilgan çuqurlikka tuşib ketgandi.