Navoiyda tergovçi 1000 dollar pora bilan qölga tuşdi
Navoiy viloyatida xizmat mavqeidan foydalanib pora olişda gumon qilinayotgan tuman IIB tergovçisiga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Davlat xavfsizlik xizmati va Boş prokuratura huzuridagi departament xodimlari hamkorligida Navoiy viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirda xizmat mavqeidan foydalanib, noqonuniy ravişda boylik orttirmoqçi bölgan Qiziltepa tumani IIB Tergov guruhi katta tergovçisining qilmişlari foş etilgan.
Xususan, joriy yilning 1 iyul kuni Içki işlar organlari tomonidan telefoni xotirasida taqiqlangan diniy materiallar mavjud bölişi ehtimoli bilan 2003 yilda tuğilgan fuqaroning olib qöyilgan iPhone 17 Pro Max rusumli telefon apparatini qaytarib beriş evaziga özining 2 nafar vositaçisi orqali 1000 AQŞ dollari olgan vaqtida tergovçining noqonuniy harakatlariga çek qöyilgan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Andijon va Sirdaryo viloyatlarida hokim yordamçilarining fuqarolarga ajratilgan imtiyozli kredit mablağlarini özlaştirişi bilan boğliq holatlar foş etilgan edi.