Xorazmda pora bilan boğliq jinoyat foş etildi
6-05-2026, 07:04
1 167 марта
Xorazmda pora bilan boğliq jinoyat foş etildiXorazm viloyatida korruptsiyaga qarşi kuraşiş doirasida ötkazilgan tezkor tadbirda içki işlar organi xodimining noqonuniy harakatlariga çek qöyildi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda içki işlar organlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tadbirda, Xorazm viloyati IIB Jamoat tartibini saqlaş boşqarmasi kiçik inspektori fuqaroni işga joylaştiriş vadasi bilan pul talab qilgani aniqlandi.
Malum bölişiça, u Xonqa tumanida yaşovçi 1973 yilda tuğilgan fuqaroning işonçiga kirib, uning 2001 yilda tuğilgan tanişini içki işlar organlariga işga kiritib qöyiş evaziga 4500 AQŞ dollari talab qilgan.
Ötkazilgan tezkor tadbir davomida inspektor oldindan 1800 AQŞ dollari va 2,4 million söm mablağni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mutaxassislar takidlaşiça, pora beriş yoki oliş jinoiy javobgarlikka sabab böladi. Şuningdek, fuqarolardan bunday holatlarga duç kelganda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qiliş söralmoqda.
Eslatib ötamiz, şubhali holatlar haqida Davlat xavfsizlik xizmatiga 1520 qisqa raqami orqali xabar beriş mumkin. Şaxsingiz sir saqlanişi kafolatlanadi.