Toşkent aeroportida vino şişalariga narkotik yaşirgan yölovçilar uşlandi
Toşkent xalqaro aeroportida xorijdan sintetik giyohvandlik vositasini noqonuniy olib kirişga uringan 2 nafar yölovçi uşlandi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, voqea joriy yilning 4 avgust kuni “Toşkent-Aero” IBK Kontrabandaga qarşi kuraşiş şubasi hamda “Toşkent xalqaro aeroporti” çegara bojxona posti xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida foş etilgan.
Bangkokdan Toşkentga uçib kelgan 2 nafar yölovçi bojxona nazoratidan “yaşil” yölak orqali ötgan. Biroq ularning yuk xaltalari tekşirilganda, bir-biriga öxşaş 2 dona vino şişasi hamda 2 dona plastik idiş borligi aniqlangan.
Ekspertiza natijasida uşbu idişlarda jami 6,8 kilogramm mefedron sintetik giyohvandlik vositasi borligi malum bölgan.
Bildirilişiça, yil boşidan buyon bojxona organlari huquqni muhofaza qiluvçi boşqa idoralar bilan hamkorlikda 471 ta holatda giyohvandlik vositalarining noqonuniy olib ötilişi va yaşirin aylanmasiga çek qöygan. Uşbu holatlarda jami qariyb 1 tonna 800 kilogramm giyohvandlik vositalari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergovga qadar va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent xalqaro aeroportida 4,4 kilogramm mefedron sintetik narkotik moddasini mamlakatga olib kirişga uringan Qozoğiston fuqarosi qölga olingani haqida xabar berilgan edi.