Suv nasosining içiga narkotik yaşirgan şaxs uşlandi
29-05-2026, 12:14
181 марта

Suv nasosining içiga narkotik yaşirgan şaxs uşlandi
Toşkent viloyatida suv nasosining içiga qariyb 1 kg narkotikni yaşirgan şaxs uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida Toşkent viloyatining Zangiota tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan, 1994 yilda Qoraqalpoğiston Respublikasida tuğilgan fuqaro uşlanib, undan xorijdan yuborilgan suv nasosi qurilmasi tegişli tartibda olib qöyilgan. Uşbu qurilma xolislar iştirokida tekşirilganda, uning içiga 968 gr “Alfa PVP” sintetik giyohvandlik vositasi yaşirilgani malum bölgan.
Şuningdek, mazkur fuqaro ijarada yaşovçi Toşkent şahar Yangihayot tumanidagi xonadondan ham narkotik moddalarni ölçaş va qadoqlaşda foydalaniladigan 2 ta elektron torozi, “zip” paketlar hamda skotçlar olingan. Aniqlanişiça, u internet narkodökonda “omborçi” vazifasida işlagan.