Farğonada qariyb 1 mlrd sömlik gaz ömarildi
Farğona viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holati aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspektsiyasi xabar berdi.
Boş prokuratura ştabi tomonidan Farğona viloyatining Furqat tumanida ötkazilgan nazorat tadbirida “Ö. K. H.” taşkilotiga qaraşli bino şartnoma va hujjatlarsiz, özboşimçalik bilan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.
Qayd etilişiça, uşbu qoidabuzarlik natijasida gaz taminoti korxonasiga 997 million sömlik zarar yetkazilganligi malum bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan şahrida 1 mlrd sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan savdo dökoni aniqlangan edi.