Toşkentda fuqarolarni xorijga işga jönatiş evaziga noqonuniy pul olganlar uşlandi
Toşkentda fuqarolarni aldab, ularning işonçiga kirgan hamda xorijga işga jönatiş evaziga firibgarlik yöli bilan pul olgan şaxslar qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, DXX, Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti va Içki işlar organlari xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida fuqarolarni xorijga işga yuboriş bilan boğliq firibgarlik holatlariga çek qöyilgan.
Jumladan, Toşkent şahrida yaşovçi, 1985 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan şaxs özining tanişlari orqali Qaşqadaryo viloyatida istiqomat qiluvçi 6 nafar fuqaroni Slovakiya Respublikasiga işga yuboriş evaziga 145 mln söm talab qilib, oldindan 85 mln söm olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Boşqa holatda esa Toşkent şahrida xorijiy davlatlarga viza oliş böyiça konsalting xizmatlarini körsatuvçi MÇJ rahbari poytaxtda istiqomat qiluvçi, 2002 yilda tuğilgan fuqaroning aldov yöli bilan işonçiga kirib, viza rasmiylaştiriş orqali uni Germaniyaga işga yuboriş evaziga 4 ming AQŞ dollari olgan vaqtida qölga olingan.
.jpg)
Bu kabi qonunbuziliş holati Toşkent viloyatida ham qayd etilib, jumladan Zangiota tumanida yaşovçi, 1993 yilda tuğilgan ayol aldov yöli bilan Angren şahrida istiqomat qiluvçi, 2000 yilda tuğilgan fuqaroning işonçiga kirib, viza rasmiylaştirgan holda uni Janubiy Koreyaga işlaş uçun yuboriş evaziga 5900 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlangan.
.jpg)
Bildirilişiça, hozirda barça holatlar yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Uçtepa tumanida fuqarolarning 574,6 mln sömini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan şaxslar uşlangandi.