“Narxöz”ga kiritib qöyiş evaziga $20 000 söragan şaxs uşlandi
Toşkent viloyatida “Narxöz”ga kiritib qöyaman degan fuqaro firibgarlik bilan qölga olindi. Bu haqda Davlat Xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, Toşkent şahrida oliy talim muassasasiga öqişga kiritib qöyiş bilan boğliq noqonuniy holat aniqlangan. Xususan, poytaxtda istiqomat qiluvçi, 1988 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan şaxs özining yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali 2001 yilda tuğilgan fuqaroni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 20 000 AQŞ dollari talab qilgan.
DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 13 000 AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Bildirilişiça, hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand viloyatida tadbirkordan sanitariya-epidemiologik xulosa tayyorlab beriş evaziga pora talab qilgan mansabdor şaxs aniqlangandi.