DXX: Fuqaroni aeroportga işga kiritmoqçi bölgan “uçar” qölga olindi
1-08-2025, 07:20
643 марта
DXX: Fuqaroni aeroportga işga kiritmoqçi bölgan “uçar” qölga olindiI.Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroporti Aviatsiya xavfsizlik xizmati qöriqlaş bölinmasi nazoratçisi poytaxtda istiqomat qiluvçi fuqaroni aeroportda faoliyat yurituvçi mansabdor tanişlari orqali Qöriqlaş bölinmasi nazoratçisi lavozimiga işga kiritib qöyişini aytib, evaziga 500 AQŞ dollari talab qiladi.
DXX va IJQK Departamenti hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda uşbu uddaburon nazoratçi talab qilingan 500 AQŞ dollari pul mablağini firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Dastlabki suriştiruv davomida, mazkur şaxs aeroportga işga joylab qöyiş uçun önga yaqin fuqarodan 500-1000 AQŞ dollari miqdorida pul olganligiga iqror böldi.
Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozirda uşbu şaxsdan jabr körgan boşqa fuqarolarni aniqlaş yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
