USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

DXXning soxta xodimlari qölga olindi

718 марта

DXXning soxta xodimlari qölga olindi

Qaşqadaryo va Samarqand viloyatida Davlat xavfsizlik xizmatiga işga kiritib qöyişni vada qilganlar uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, Qaşqadaryo viloyatining Koson tumanida yaşovçi, 1988 yilda tuğilgan, muqaddam firibgarlik bilan boğliq jinoyati uçun sudlangan şaxs öz xatosidan töğri xulosa çiqarmasdan, qayta jinoyatga qöl urgan. U özini DXX xodimi sifatida taniştirib, 1997 yilda tuğilgan mahalliy fuqaroni DXX organlariga işga kiritib qöyişni vada qilib, 2024 yilning sentyabr oyidan 2025 yilning iyun oyiga qadar turli bahonalar bilan aldab, uning jami 30 ming dollar va 510 million söm pul mablağlarini olgan.


Bundan taşqari, mazkur fuqaroning qarindoşini Qurolli kuçlar akademiyasiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 10 ming dollar talab qilib, hozirga qadar 4 ming dollar olgan. U Qarşi şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda söralgan 10 ming dollar hisobidan yana 2 ming dollar olgan vaqtida uşlandi. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllandi.

Şuningdek, Samarqand viloyatining Pastdarğom tumanida istiqomat qiluvçi, 1961 yilda tuğilgan şaxs özganing işonçiga kirib, uni DXX idoralariga işga kiritib qöyiş evaziga 7 ming dollar olgan vaqtida DXX hamda viloyat IIB tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlandi. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: