Namangandagi bozorga öt ketdi
Bugun, 18 avgust kuni Namangan viloyati, Yangi Namangan tumanidagi bozorda yonğin sodir böldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Malum qilinişiça, soat 13:46 da “112” tizimi orqali Namangan viloyati, Yangi Namangan tumani, “Mingçinor” MFY hududida joylaşgan “Quriliş mollari savdo bozori” hududida savdo rastalari yonayotganligi töğrisida xabar kelib tuşgan.
Yonğin joyiga zudlik bilan yonğin-qutqaruv bölinmalari yetib borib, yonğin soat 13:58 da qurşab olingan va hozirda bartaraf etilmoqda. Yonğinni öçirişga kerakli barça zarur texnikalar jalb etilgan. Qayd etilişiça, vaziyat töliq nazoratga olingan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda esa bozor içidagi yengil avtomobilning töliq yonib ketgani köringan.
Bildirilişiça, yonğin oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar böyiça malumot kelib tuşmagan. Qöşimça malumot taqdim etiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan köp qavatli uyning tom qismida yonğin sodir bölgandi.