Toşkentda yana transformator yonib ketdi
Bugun, 17 iyul kuni Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumanidagi transformator punktida yonğin sodir böldi. Bu haqda Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, soat 09:10 da Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumani, Olimlar köçasida joylaşgan transformator yonayotganligi töğrisida Toşkent şahar FVBBga xabar kelib tuşgan.
Şunga köra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 09:10 da yetib borib, yonğin soat 09:28 da bartaraf etilgan.
Hodisa joyida transformator yonib zararlangani aniqlanib, hozirda tuman elektr tarmoqlari tomonidan tamirlaş işlari olib borilmoqda.
Bildirilişiça, yonğin oqibatida jabrlanganlar yöq.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Çilonzor tumanida joylaşgan transformatorlardan birida yonğin sodir bölgan edi.