Çilonzorda transformatorlardan biri yonib ketdi
Keça, 14 iyul kuni Toşkent şahrining Çilonzor tumanida joylaşgan transformatorlardan birida yonğin sodir böldi. Bu haqda Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, soat 21:35 da Çilonzor tumanidagi Çilonzor-6 mavzesida joylaşgan transformatorlardan birida yonğin yuz bergan. Yonğin haqida kelib tuşgan xabardan söng, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 21:43 da yetib borgan.
Yonğin soat 21:47 da töliq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida transformator yonib zararlangan.
Hozirda tuman elektr tarmoqlari mutaxassislari tomonidan tamirlaş işlari olib borilmoqda.
Qayd etilişiça, yonğin oqibatida jabrlanganlar yöq.
Eslatib ötamiz, avvalroq Olmazor tumanidagi podstantsiya içida yonğin sodir bölgan edi.