Toşkentda podstantsiyadagi transformator yana yonib ketdi
Keça, 8 iyul kuni Olmazor tumanidagi podstantsiya içida yonğin sodir böldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, soat 20:23 da Toşkent şahri Olmazor tumani, Kiçik halqa yöli köçasida joylaşgan podstantsiya içida transformator yonayotgani haqida Toşkent şahar FVBBga xabar kelib tuşgan.
Şunga köra, qutqaruv texnikalari soat 20:26 da hodisa joyiga yetib borgan. Voqea joyida yuqori kuçlanişli elektr kabellarida qisqa tutaşuv sodir bölgani aniqlangan.
Qayd etilişiça, hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida malumot kelib tuşmagan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 1 iyun kuni ham aynan Olmazor tumanidagi podstantsiyalardan birida yonğin sodir bölgan edi.
Şuningdek, joriy yilning 28 iyun kuni podstantsiyadagi nosozlik sababli Toşkent şahrining 4 ta tumanida elektr energiyasi uzilib qolgan edi. Elektr energiyasi öçib qolişi oqibatida Çilonzor tumani Bunyodkor şoh köçasida joylaşgan “Dream Park” nomli istirohat boğidagi attraktsionlarda fuqarolar qolib ketgan.
Şundan söng, Toşkentda elektr uzilişining sabablarini tekşiriş uçun maxsus komissiya tuzildi.