“Özbekiston” mehmonxonasida yonğin çiqdi
12-07-2026, 16:45
158 марта
Bugun, 12 iyul kuni Toşkent şahridagi “Özbekiston” mehmonxonasida yonğin sodir böldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xabar berdi.Qayd etilişiça, soat 14:45 da Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumani, Mustaqillik şox köçasida joylaşgan “Özbekiston” mehmonxonasining 10-qavatida yonğin sodir bölayotgani böyiça Toşkent şahar FVBBga xabar kelib tuşgan.

Şunga köra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 14:49 da yetib borib, yonğin soat 14:54 da öçirilgan.
Bildirilişiça, aytilgan manzilda binoning yonğinga qarşi örnatilgan xavfsizlik tizimlari öz vaqtida işlagani sababli yonğin öz vaqtida tezkorlik bilan bartaraf etilgan.
Mehmonxonaning 10-qavatidagi işçi xizmatçilar xonasi yonib zararlangani aniqlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar fuqarolar yöq.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jizzaxdagi restoranda yonğin sodir bölgan edi.