USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qöqonda novvoyxona yarim mlrd sömlik gazni talon-toroj qildi

63 марта
Қўқонда новвойхона ярим млрд сўмлик газни талон-торож қилди

Farğona viloyatining Qöqon şahrida novvoyxona tabiiy gaz tarmoğiga noqonuniy ulangan holda gazdan foydalanib kelgani aniqlandi. Holat böyiça 496 million sömlik tabiiy gaz qayta hisob-kitob qilindi. Bu haqda “Hududgaztaminot” AJ xabar berdi.

Qayd etilişiça, “Hududgaz Farğona” Gaz taminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, şahar gaz taminoti bölimi xodimlari hamda huquq-tartibot organlari hamkorligida Qöqon şahrida nazorat tadbiri ötkazilgan.

Tekşiruv davomida şaharning “Ziyolilar” MFYda joylaşgan novvoyxona loyiha-texnik hujjatlarisiz tabiiy gaz tarmoğiga özboşimçalik bilan ulangan holda gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 496 million sömlik tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilingan. Töplangan barça hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatida ötkazilgan nazorat tadbirlari davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş bilan boğliq ikki holat aniqlangan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: