USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Eron, Tojikiston, Afğoniston – fors tilili davlatlar ittifoqi yoxud bu TDTga qarşi yurişmi?

153 марта
Эрон, Тожикистон, Афғонистон – форс тилили давлатлар иттифоқи ёхуд бу ТДТга қарши юришми?

Bir tomonda “Makka kelişuvi”, yana bir tomonda Turkiy davlatlar taşkilotining global maydondagi tasiri kengayib borayotgan bir paytda Eron ham Markaziy Osiyodan ittifoqçi izlamoqda. Joriy yilning 16 avgust kuni Eronning birinçi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Orif Tojikiston vakili bilan uçraşuvda fors tilida sözlaşuvçi davlat va hududlar ittifoqini tuzişni taklif qildi. Bazilar uşbu taşabbusni umumiy til, madaniyat va tsivilizatsion meros bilan izohlayotgan bölsa, boşqalar esa geosiyosiy maydonda muvozanatni saqlaş va forsiy alyansning tasirini saqlab qoliş uçun harakat sifatida talqin etmoqda.

Fors tili va madaniyati asrlar davomida Eron, Afğoniston va Markaziy Osiyo xalqlarini boğlab kelgan. Aynan şu jihatdan mintaqada fors madaniyatining tasiri doim bölib kelgan. Bugun esa mintaqada turkiy davlatlarning integratsiyasi ham jadallaşmoqda. Şu fonda Tehronning forsiy dunyoni birlaştiriş haqidagi ğoyasi oddiy madaniy hamkorlik taşabbusi emasligi yaqqol namoyon bölmoqda.

Uşbu maqolada bu ğoya qayerdan paydo bölgani, uning tarixiy ildizlari va eng muhimi – bunday ittifoq Markaziy Osiyodagi kuçlar muvozanatiga qanday tasir qilişi mumkinligi haqida gaplaşamiz.

Jiddiy taklif

Eronning fors tilida sözlaşuvçi davlat va hududlarni birlaştiriş haqidagi taşabbusi 16 avgust kuni Tehronda yangradi. Eronning birinçi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Orif Tojikiston Energetika va suv resurslari vaziri Daler Juma bilan uçraşuvda “Fors tilida sözlaşuvçi davlatlar va hududlar ittifoqi”ni taşkil etişni taklif qildi.

Orifning takidlaşiça, Eron va Tojikistonni umumiy til, madaniyat va tsivilizatsion meros boğlab turadi. Uning fikriça, aynan şu umumiylik forsiy dunyo doirasidagi madaniy va tsivilizatsion hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş uçun asos böla oladi. Eron vitse-prezidenti taklifni ikki davlat rasmiylarining kelgusidagi taşriflari va uçraşuvlari davomida jiddiy muhokama qiliş zarurligini takidlagan.

Biroq uçraşuvda gap faqat madaniy aloqalar haqida bormadi. Orif Eron va Tojikiston örtasidagi iqtisodiy va savdo munosabatlari sönggi yillarda rivojlanganini, biroq mavjud salohiyatga nisbatan hali yetarli darajaga çiqmaganini qayd etdi. U Eronning ilmiy, texnik va muhandislik imkoniyatlarini ham tilga olib, mamlakat bu boradagi tajribasini döstona va qöşni davlatlar bilan bölişişga tayyorligini bildirdi.

Tojikiston tomoni esa hozirça mazkur taklifga qöşilganini yoki kelajakdagi ittifoqni qöllab-quvvatlaşini rasman bildirmadi. Daler Juma ikki davlat örtasidagi iqtisodiy, savdo va madaniy munosabatlar rivojlanayotganini takidladi hamda hamkorlikni kengaytiriş uçun mavjud byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş zarurligiga urğu berdi. U Tehronda Eronning energetika, neft, taşqi işlar hamda yöl va şaharsozlik vazirlari bilan ötkazgan uçraşuvlarini ham tilga olib, hamkorlikning savdo, energetika, transport, madaniyat va turizm kabi yönalişlarini qayd etdi.

Yaqin Şarqdagi eng notinç hududga aylanib borayotgan Eron bilan ittifoq tuziş Tojikistondek katta kuç markazlari örtasida joylaşgan mamlakat uçun katta tavakkalçilik böladi. Aynan şu sababli Duşanbe­ning rasmiy pozitsiyasi hozirça öta ehtiyotkor: Tojikiston Eron bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirişga tayyorligini namoyiş qilmoqda, biroq forsiy davlatlar ittifoqini taşkil etiş böyiça Eron taklifiga qöşilganini rasman elon qilmagan.

Tarixiy ğoya yoki orzu

“Fors tilida sözlaşuvçi davlatlar ittifoqi” öz tarkibiga Eron, Tojikiston va Afğonistonni olişni közda tutgan. Erondagi fors tili, Tojikistondagi tojik tili va Afğonistondagi dariy tili tarixan yagona bir til – IX–XV asrlarda şakllangan Klassik fors tili asosida şakllangan. Garçi talaffuz va alifboda farq mavjud bölsa-da, bu tillarda sözlaşuvçilar bir-birini deyarli 80–90 foiz tuşunadi. Aynan şu tufayli uşbu uçlik örtasida muayyan ittifoq tuziş tez-tez kun tartibida jiddiy muhokamalarga sabab böladi.

Eronning fors tilida sözlaşuvçi davlatlarni birlaştiriş ğoyasi yoki boşqaça qilib aytganda, orzusi keçagina paydo bölgani yöq. Uning ildizi kamida 2005–2006 yillarga borib taqaladi. Öşa davrda Eron va Tojikiston örtasidagi yuqori darajadagi muzokaralarda uçta davlat – Eron, Tojikiston va Afğoniston örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş, uzoq muddatda esa forsiy davlatlar ittifoqini şakllantiriş masalasi kötarilgan. 2006 yil 26 iyulda Duşanbe şahrida bölib ötgan uç davlat rahbarining ilk sammitida madaniy hamkorlik komissiyasini tuziş va fors tilidagi umumiy telekanal yaratiş ğoyasi ilgari surilgandi.
2007 yilda Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uçraşuvda forsiy davlatlar örtasidagi aloqalarni kuçaytirişni qöllab-quvvatlagan. 2008 yilning martida esa Eron, Tojikiston va Afğoniston taşqi işlar vazirlari Fors tilida sözlaşuvçi davlatlar Iqtisodiy kengaşini taşkil etiş böyiça kelişuvga erişgan. Şu tariqa dastlab madaniy yaqinlikka tayangan taşabbus iqtisodiy va siyosiy hamkorlik elementlarini ham qamrab ola boşlagan.

2009 yilda esa ğoya yanada aktuallaşadi. Şu yilda taşkil etilgan Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengaşi Tojikistonning asosan turkiy tilli Markaziy Osiyo davlatlari orasida göyoki yakkalanib qolişiga sabab böldi. Aynan şu sababli, dastlab bunday ittifoqni tuzişga eng katta qiziqişni Tojikistonning özi körsatgan edi. Bir vaqtlar tojik akademik va ziyoli doiralarida “tarixiy Tojikiston” ğoyasi ommalaşgandi. Bu esa Özbekiston bilan munosabatlardagi taranglikka sabab böldi va kengroq manoda, Tojikistonning asosan turkiy tilli mintaqa bölmiş Markaziy Osiyoda ajralib qoliş hissini kuçaytirdi.

Tojikistonda ilgari surilgan “Oriy” nazariyasi Eronda ham muayyan darajada xayrixohlik bilan kutib olindi va Tehronning kengroq pan-eronçilik dunyoqaraşi unsurlariga mos keldi. 1990 yillar va 2000 yillarning boşlari Tojikiston uçun öta oğir davr böldi. Bazi tojik siyosiy tahlilçilarining fikriça, mamlakat turkiy xalqlar ustunlik qiladigan mintaqaviy muhitda özining alohida özligini yöqotişdan va tobora çetga surilib qolişdan xavotirda edi. Oqibatda, mamlakat oğir iqtisodiy hamda siyosiy qiyinçiliklar bilan kuraşayotgan bir paytda kömak ilinjida Eronga yuzlandi.

Biroq Tehronning yondaşuvi boşqaça edi. Yevroosiyo va Yaqin Şarq tadqiqotlari instituti veb-saytining 2010 yildagi malumotlariga köra, öşa paytdagi Eron Taşqi işlar vaziri Manuçehr Muttakiy fors tilli ittifoq iqtisodiy hamkorlikka urğu bermasligini aytgan edi. Eron va Tojikiston allaqaçon Iqtisodiy hamkorlik taşkilotiga (Economic Cooperation Organization) azo bölgani sababli, alohida iqtisodiy tuzilmaga hojat yöq edi. Aksinça, uşbu ğoya xavfsizlik va mudofaa yönalişiga ega bölişi mumkin, deb qaraldi.

Bu holat öşa paytdagi Eron Mudofaa vaziri Ahmad Vohidiyning 2010 yil may oyi örtalarida Duşanbe şahriga taşrifi çoğidagi fikrlarida ham öz aksini topgan. U 3 ta fors-tojik tillarida sözlaşuvçi mamlakat – Afğoniston, Tojikiston va Eron örtasidagi harbiy hamkorlik mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlaşga xizmat qilişi mumkinligini takidlagan edi.

Öşa davrda Eron bir neçta strategik maqsadlarni közlagan edi: Markaziy Osiyoda öz iştirokini kengaytiriş, turkiy integratsiyaning ortib borayotgan suratiga qarşi turiş va Afğonistondagi öz tasirini mustahkamlaş.

Biroq bu takliflar, bayonotlar hamda uşbu ğoyani balandparvoz iboralar bilan tarğib qiluvçi kitoblarning naşr etilişidan nariga ötmadi va deyarli heç qanday natijaga erişilmadi. Hatto uç davlat uçun umumiy fors tilidagi telekanal yaratiş rejasi ham amalga oşmadi.

Asosiy tösiq Tehron, Duşanbe va Qobulning bu boradagi qaraşlari bir xil emasligi edi. Eron taşabbusga ança katta siyosiy mazmun yuklagan. Ahmadinajod forsiy madaniy yaqinlikni kelajakda siyosiy-strategik hamkorlikka aylantiriş mumkin deb qaragan. Rahmon ham bu ğoyaga kamida siyosiy jihatdan ijobiy munosabat bildirgan: Duşanbe uçun bunday tuzilma Özbekistonning mintaqadagi tasirini muvozanatlaştiriş va turkiy davlatlar örtasidagi integratsiyaga muqobil platforma yaratiş imkonini berişi mumkin edi.

Afğoniston esa ança ehtiyotkor pozitsiyada bölgan. Qobul forsiy madaniy aloqalarni qöllab-quvvatlagan bölsa-da, ittifoqning siyosiy yoki strategik tuzilmaga aylanişidan manfaatdor emas edi. Bunga mamlakatning köp millatli va köp tilli tarkibi, şuningdek, öşa davrda AQŞning Afğonistondagi siyosiy va xavfsizlik roliga kuçli boğliqligi sabab bölgan. Afğoniston aholisining sezilarli qismi puştu tilida sözlaşişi ham “forsiy davlatlar ittifoqi” kontseptsiyasini amaliy jihatdan murakkablaştirgan.

Bundan taşqari, uç mamlakatning davlat tuzumi, siyosiy manfaatlari va ijtimoiy qadriyatlari örtasidagi farqlar ham integratsiyani çekladi. Til jihatidan yaqin bölsa-da, Eron şiya mazhabidagi islomiy davlat, Tojikistonda esa asosiy aholi sunniy mazhabiga etiqod qiladi va mamlakat dunyoviylik yölini tanlagan edi. Afğoniston ham bu davrda Islom Respublikasi bölgan bölsa-da, mazhab jihatidan asosiy aholi sunniy edi. Bir söz bilan aytganda, bunday ittifoqni tuziş uçun yakdil harakat yöq edi.

Şunga qaramay, bugun bu ğoya yana kun tartibiga çiqmoqda. AQŞ va Isroil bilan mojarodan boşi çiqmayotgan Eron bugun yana bunday takliflarni kötarayotgani vaziyatga boşqaça nigoh bilan qaraşga undamoqda. Yana bir jihati – bu taşabbus Markaziy Osiyoda turkiy davlatlar integratsiyasi, xususan, Turkiy davlatlar taşkilotining kuçayib borayotgan bir davriga töğri kelayotgani bilan ham etiborga molik.

Nega amalga oşmaydi?

Eronning forsiyzabon davlatlarni birlaştiriş taşabbusi ortida faqat madaniy yaqinlik emas, balki özining mintaqaviy tasirini saqlab qoliş istagi ham körinadi. Ayniqsa, sönggi yillarda Turkiya va Ozarbayjonning Markaziy Osiyodagi faolligi va Turkiy davlatlar taşkilotining kengayib borayotgan hamkorligi Tehron uçun yangi geosiyosiy muhitni yuzaga keltirmoqda. Ozarbayjonlik mutaxassislar ham Eron taklifini TDTning kuçayişiga javob sifatida baholamoqda.

Bu jarayon faqat Markaziy Osiyo bilan çeklanmaydi. 7 avgust kuni Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston Makka mudofaa kelişuvini imzoladi. Sunniy musulmon bölgan uşbu uç davlat ittifoqi, garçi oçiq aytilmayotgan bölsa-da, aholisi şiya mazhabiga etiqod qiluvçi Eronni ajratib qöyişga uriniş sifatida talqinlar köpaymoqda.

Şu fonda forsiyzabon davlatlar ittifoqi Eron uçun öziga xos “yumşoq kuç” va geosiyosiy tayanç vazifasini bajarişi mumkin. Tehron Markaziy Osiyoda turkiy integratsiya kuçayib borayotgan bir paytda forsiy-madaniy makon atrofida alohida hamkorlik platformasini şakllantiriş orqali özining tarixiy, madaniy va siyosiy tasirini mustahkamlaşga urinayotgani haqidagi qaraşlar yetarliça asosli körinmoqda.

Ammo bu yerda Eronning asosiy muammosi – bugun uning hamkorlarida bunday platformaga ehtiyoj yöq. Duşanbe forsiyzabon dunyodagi Eronning eng yaqin madaniy hamkorlaridan biri bölsa-da, sönggi yillarda turkiy davlatlar bilan aloqalarini ham sezilarli darajada kengaytirdi. Buning eng sönggi misollaridan biri 31 iyul kuni Qirğizistonning Çölponota şahrida bölib ötgan Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon rahbarlarining norasmiy uçraşuvidir. Unda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon ham tölaqonli azo sifatida qatnaşdi.

Muhimi, Duşanbe bu formatni şunçaki ramziy uçraşuv sifatida körmayapti. Rahmon mintaqadagi transport-logistika, energetika, sanoat, raqamlaştiriş va oziq-ovqat xavfsizligi böyiça hamkorlikni rivojlantiriş zarurligini takidladi. Demak, Tojikiston bir tomondan forsiy madaniy merosini saqlagan holda Eron bilan aloqalarni rivojlantirsa, ikkinçi tomondan turkiy davlatlar bilan iqtisodiy va siyosiy integratsiyani ham çetga surib qöymoqçi emas. Aytişganidek, “Uzoqdagi qarindoşdan, yaqindagi qöşni yaxşi”.

Şu sababli Eronning yangi taklifi amaliy ittifoqqa aylanişining ehtimoli past. Tehron uçun Tojikistonni forsiyzabon makonning siyosiy tayançiga aylantiriş muhim bölsa, Duşanbe uçun birgina madaniy yaqinlik sabab Turkiya, Ozarbayjon va boşqa turkiy davlatlar bilan rivojlanayotgan köp qirrali aloqalardan voz keçiş manfaatli emas. Şuning uçun forsiyzabon ittifoq hozirça real integratsion blokdan köra, Tehronning öz tasir doirasini saqlab qolişga qaratilgan geosiyosiy va madaniy taşabbusi bölib qolişi ehtimoli yuqori.

Afğoniston omili ham bu örinda alohida ahamiyatli. Amaldagi mamlakat tizimi tölaqonli “Tolibon” harakati qölida. Ular esa asosan sunniy puştunlardir. Ular uçun “Fors dunyosi” yoki “Pan-eronizm” ğoyalari özlarining puştun milliy va diniy ustunligiga tahdid sifatida qaralişi mumkin. Bundan taşqari, ikki davlat örtasida çegaraviy muammolar ham bor. Hilmand daryosi suvidan foydalaniş muammosi va çegara töqnaşuvlari tez-tez kuzatilib turgani sababli, Afğonistondagi ayni tuzum bilan bunday ittifoq tuziş imkoniyati juda past.

Nega Eron TDTga qarşi?

Turkiy davlatlar taşkiloti harbiy tuzilma emas, xöş, nega Tehron uning rivojlanişidan xavotirda?

Aslida Eronning taşkilotga ham, unga azo davlatlarga ham heç qanday rasmiy qarşiligi yöq. Mamlakat Markaziy Osiyo bilan ham, boşqa turkiy davlatlar bilan ham döstona aloqalarga ega. Faqat, Ozarbayjondan taşqari.

Eronning Ozarbayjon bilan munosabatlari boşqa turkiy davlatlarga nisbatan ança keskinroq. Ikki davlat örtasida tölaqonli uruş yuz bermagan bölsa-da, çegaradagi harbiy maşğulotlar, özaro tahdidlar va qurolli hodisalar mintaqa vaziyatini xavfli darajaga olib kelgan.

2021 yil oktyabrda Eron Ozarbayjon çegarasi yaqinida yirik harbiy maşğulotlar ötkazadi. Maşğulotlarda tanklar, artilleriya, vertolyotlar va dronlar qatnaşadi. Tehron bunga Ozarbayjonning Isroil bilan yaqin harbiy aloqalari hamda Baku hududida Isroil kuçlari bölişi mumkinligidan xavotiri sabab bölganini bildirgan.

Bundan taşqari, Ozarbayjonning Turkiya va Pokiston bilan ötkazgan qöşma harbiy maşğulotlari ham Tehronni xavotirga soldi. Baku esa Eronning çegaradagi kuç namoyişiga Turkiya bilan Naxçivonda harbiy maşğulotlar ötkaziş orqali javob berdi.

Mojaroning markazida Zangezur yölagi masalasi turdi. Ozarbayjon Naxçxivonni mamlakatning asosiy hududi bilan Armaniston orqali boğlaşni istaydi. Tehron esa bunday yölak Eronning Armaniston bilan quruqlik aloqasini zaiflaştirişi va Turkiya – Ozarbayjon örtasidagi strategik boğliqlikni kuçaytirişidan xavotirda.

Bunga Eronning Ozarbayjon bilan boğliq yana bir strategik xavotiri – Isroil omili qöşiladi. Ozarbayjon Isroil qurollarining yirik xaridorlaridan biri bölib, ikki davlat örtasidagi harbiy hamkorlik Tehron uçun jiddiy xavfsizlik masalasidir.

2026 yil 5 martdagi qarama-qarşilik esa ikki mamlakat örtasidagi munosabatlarning yanada keskinlaşganini körsatib berdi. Ozarbayjon Eron tomonidan uçirilgan 4 ta dron Naxçxivonga kirib, aeroport terminali va maktabga zarar yetkazgani, tört kişi yaralanganini malum qildi. Baku javob çoralarini tayyorlaşga buyruq berdi. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Eronni “terroristik” hujumda aybladi. Ammo rasmiy Tehron Naxçivon aeroporti nişonga olinganini rad etdi.

Garçi bugun Pezeşkiyon Ozarbayjon bilan aloqalarni yaxşilaşga va “yangi sahifa” oçişga tayyorligini bildirgan bölsa-da, munosabatlardagi sovuqlik hanuz saqlanib qolmoqda.

Bundan taşqari, turkiy davlatlarning integratsiyalaşuvi Örta koridorning rivojlanişiga turtki böladi. Bu esa ayni paytda okeanga çiqişda muammolarga duç kelayotgan Markaziy Osiyo davlatlari uçun optimal variant bölib qolmoqda. Bu esa Özbekiston kabi davlatlarning Eron portlariga bölgan ehtiyojini kamaytiradi. AQŞning mazkur savdo yölagini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaşining asosiy sababi ham aynan Eronning logistik ahamiyatini pasaytiriş bölişi mumkin.

Çobahor va Bandar-Abbos portlari hanuz Özbekiston uçun okeanga çiqişning eng qisqa yöli bölib turibdi. Dengiz orqali yuk taşiş esa har qanday transport vositasidan arzonroq ekanligi hammaga malum. Agar Eron va AQŞ örtasidagi ziddiyat davom etsa, Özbekiston uçun Örta koridordan yaxşiroq variant yöq.

Xulosa qilib aytganda, fors tilli davlatlar ittifoqi diniy va etnik jihatdan yakkalanib qolayotgan Eronni qutqaruvçi bir “arqon” bölişi mumkin. Ammo bugun bunday tuzilmani yaratişga na Tojikistonda, na Afğonistonda xohiş bor.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: