Eron musulmon davlatlariga çaqiriq bilan çiqdi
16-03-2026, 21:56
111 марта

Eron musulmon davlatlariga çaqiriq bilan çiqdi
Eron Oliy Milliy Xavfsizlik Kengaşi kotibi Ali Larijoniy AQŞ va Isroil hujumi boşlanganidan beri heç bir musulmon davlati Eronga yordam bermaganini aytdi.Uning sözlariga köra, Islom dunyosi mintaqaviy xavfsizlikni taminlaş va taşqi tahdidlarga qarşi turiş uçun birlaşişi kerak.
Olti banddan iborat maktubda Ali Larijoniy Eron qarşilik körsatişda davom etayotganini, mamlakat xalqini qöllab-quvvatlamagan musulmon hukumatlarining xatti-harakatlari esa islomning mohiyatiga zid ekanligini takidladi.
«Bazi davlatlar bundan ham uzoqroqqa borib, şunday davo qilişdi: Eron Amerika bazalariga va AQŞ va Isroil manfaatlariga zarba berayotgani sababli, u bizning duşmanimiz! Mamlakatlaringizdagi Amerika bazalari Eronga qarşi zarbalar berayotgan bir paytda biz qöl qovuştirib ötirişimiz kerakmi?!
Ular bahona izlamoqdalar; bugun bu jangda AQŞ va Isroil bir tomonda, musulmon Eron va qarşilik kuçlari esa boşqa tomonda. Siz qaysi tomondasiz?», dedi Ali Larijoniy.
U islom dunyosining kelajagini körib çiqişga çaqirdi va takidladi: «AQŞ heç qaçon sizga sodiq bölmaydi va Isroil sizning duşmaningizdir».
28 fevral kuni ertalab Qöşma Ştatlar va Isroil Eronga qarşi harbiy operatsiya boşladi. Hujumlar natijasida Eronning oliy rahbari Ali Xomanaiy halok böldi. Bunga javoban Eron Fors körfazidagi Amerika nişonlariga, jumladan, BAA va Qatarga zarba berişni boşladi.