Xorijliklardan Özbekistonga kirişi uçun $31 000 olgan “vizafuruş”lar uşlandi
3 nafar xorijlikdan tanişlari orqali Özbekiston vizasini olib beriş evaziga 31 200 AQŞ dollari olganlar uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Toşkent şahrida yaşovçi, 1985 yilda tuğilgan şaxs 3 nafar xorijiy fuqaroga noqonuniy ravişda Özbekiston hududiga kiriş vizalarini tanişlari orqali rasmiylaştirib berişi evaziga 31 200 AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Uşbu şaxs mazkur pul mablağining 4 200 AQŞ dollarini özida qoldirib, qolgan 27 000 AQŞ dollarini poytaxtda istiqomat qiluvçi, 1960 yilda tuğilgan fuqaroga berişi kerakligi aniqlanib, davom ettirilgan tezkor tadbirda u ham 27 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida DXX va Boş prokuraturaning IJQK departamenti xodimlari tomonidan uşlangan.
Bildirilişiça, hozirda uşbu şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand viloyatida formasi, guvohnomasi va xizmat avtomobilidan foydalanib, odamlarni aldagan içki işlar xodimiga sud hukmi öqilgandi.