Zafarobod hokimi xizmat maşinasida YTHga uçradi
Joriy yilning 30 avgust kuni Jizzax viloyatining Zafarobod tumani hokimi Ğayratjon Eşpölatov öziga biriktirilgan xizmat avtomobilida YTHga uçradi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, 30 avgust kuni Zafarobod tumani hokimi Ğayratjon Eşpölatov öziga biriktirilgan KIA Seltos rusumli xizmat avtomobilida yöl-transport hodisasiga uçragan. Avtomobil katta yuk maşinasining orqa tomoniga urilgan va rulda hokimning maktabda öqiydigan öğli bölgan.
Manbaga köra, tan jarohatlari olgan ota-bola dastlab Zafarobod tuman tibbiyot birlaşmasiga olib borilgan. Biroq ularning ahvoli oğir bölgani sababli tez yordam maşinasida Respublika şoşilinç yordam ilmiy markazining Jizzax şahridagi filialiga olib ketilgan.
Şu yösinda hokim va uning voyaga yetmagan farzandi mazkur YTH oqibatida olgan jiddiy jarohatlari ortidan Respublika şoşilinç yordam ilmiy markazining Jizzax şahridagi filialiga yetkazilgan.
Malumot uçun, Ğayratjon Eşpölatov 2024 yil mart oyidan buyon Jizzax viloyatining Zafarobod tumaniga hokimlik qilib kelmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jinoyat işlari böyiça Navoiy viloyati Tomdi tumani sudining raisi Aziza Mirzayeva YTHda vafot etgan edi.