USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xitoyça tajovuz, örtaga olingan Erdöğan va tarjimonsiz suhbat – Sammit pardasi ortida nimalar böldi?

154 марта
Хитойча тажовуз, ўртага олинган Эрдўған ва таржимонсиз суҳбат – Саммит пардаси ортида нималар бўлди?

ŞHT sammitining parda ortida nimalar böldi?

Xitoy xavfsizlik xizmatining tajovuzkor harakatlaridan tortib, kofe stoli atrofidagi “divan diplomatiyasi”gaça, Xitoy – Hindiston va Rossiya uçligining “birlaşuv halqasi”dan tortib, birinçi xonimlar boğlayotgan madaniy köpriklargaça – Bişkekda ötayotgan Şanxay hamkorlik taşkilotining 26-sammiti rasmiy protokollar qolipidangina iborat bölmadi. Bugun Qirğiziston poytaxti şunçaki navbatdagi mintaqaviy uçraşuv mezboni emas, balki Yevroosiyo qitasining kelgusi geostrategik xaritasini belgilab beruvçi diplomatik markaz vazifasini bajaryapti.

Aslida 2001 yilda Xitoy, Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston hamda Özbekiston tomonidan mintaqaviy xavfsizlikni taminlaş, çegaralarni mustahkamlaş hamda terrorizm va separatizmga qarşi birgalikda kuraşiş maqsadida taşkil etilgan ŞHT yillar ötib özining geografik va siyosiy miqyosini tubdan kengaytirdi. Keyinçalik taşkilotga Hindiston, Pokiston, Eron hamda Belarusning tölaqonli azo sifatida qöşilişi uşbu tuzilmani global iqtisodiyot va demografiyaning eng yirik öçoqlaridan biriga aylantirdi.

Biroq bugungi Bişkek sammitining eng muhim va diqqatga sazovor jihati – uning kun tartibi va iştirokçilar tarkibi faqatgina rasmiy 9 ta azo davlat doirasi bilan çeklanib qolmayotganidadir. Sammitda Turkiyadan tortib AQŞ vakillarigaça, BMT rahbariyatidan tortib Osiyoning qator kuzatuvçi va muloqot böyiça şerik davlatlari yetakçilarining mehmon sifatida iştirok etayotgani ŞHTning şunçaki mintaqaviy blok emas, balki Ğarb gegemonligiga muqobil bölgan köp qutbli dunyo tartibini şakllantiruvçi asosiy muloqot maydoniga aylanib borayotganini körsatadi.

Dunyoda geosiyosiy ziddiyatlar va sanktsiyalar bosimi kuçaygan bir paytda, rasmiy azo bölmagan qudratli davlatlarning uşbu maydonga intilişi Yevroosiyoda savdo, logistika va xavfsizlik masalalarini aynan ŞHT platformasida hal qiliş zaruratga aylanganini isbotlamoqda. Xöş, uşbu ulkan platformaning rasmiy minbarlaridan yiroqda, kadrlar ortida va parda ortidagi muzokaralarda nimalar yuz berdi?

Qoç, Si Tszinpin kelyapti!

1 sentyabr kuni Bişkek şahrida Şanxay hamkorlik taşkilotiga azo davlatlar rahbarlari kengaşining navbatdagi 26-sammiti öz işini boşladi. Rasmiy zalda muzokaralar stoliga ötilmasdanoq, 31 avgustda bölib ötgan sammit arafasidagi norasmiy uçraşuvlar, kadr ortida röy bergan kutilmagan vaziyatlar va ikki tomonlama muloqotlar allaqaçon global OAV hamda ekspertlarning diqqat markaziga tuşib ulgurdi.

Şunday şov-şuvli voqealardan biri – Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinning maxsus xavfsizlik xizmati xodimlari voqealarni tasvirga olayotgan operatorni “uçirib yuborgani” böldi.

Uşbu voqea sammit doirasidagi rasmiy kutib oliş va davlat rahbarlarining zalga kiriş jarayonida, matbuot xodimlari va operatorlar uçun ajratilgan suratga oliş hududida yuz berdi. Pekindan kelgan maxsus qöriqlaş xizmati xodimlari Xitoy yetakçisi harakatlanayotgan koridor va kadr doirasini “tozalaş” maqsadida mahalliy hamda xalqaro operatorlar, tasvirçilar, hatto joylardagi protokol vakillarini ham keskin ravişda qöllari bilan surib yubordi va tahririyat vakillarining erkin tasvirga olişiga xalaqit berdi.
 
Bu kabi protokoldan taşqari qöpol harakat xalqaro media, jurnalistik hamjamiyat va siyosiy tahlilçilar etiborini darhol tortdi. Xalqaro ommaviy axborot vositalari va soha ekspertlari uşbu hodisani şunçaki xavfsizlik xodimlarining tasodifiy xatosi emas, balki Pekinning global maydondagi öta tajovuzkor va mutlaq nazoratga asoslangan diplomatik uslubining körinişi sifatida baholadi.

Ğarb va mintaqaviy media vakillari bu holatga munosabat bildirar ekan, Xitoy xavfsizlik xizmatining bunday harakatlarini “Pekin protokoli” va “Informatsion monolog” tuşunçalari bilan izohladi. “Reuters”, BBC hamda xalqaro tahliliy naşrlarning etibor qaratişiça, Xitoy yetakçisi qaysi mamlakatda yoki sammitda bölişidan qati nazar, Pekin xavfsizlik va media nazoratini töliq öz qöliga olişga intiladi. Xitoy protokolining asosiy maqsadi – Si Tszinpin atrofida mutlaq “sterillangan” va xavfsiz hudud yaratiş hamda kadrga heç qanday noqulay rakurs, rejasiz harakat yoki tasodifiy odamlar tuşib qolmasligini taminlaşdan iborat.

Jurnalistlar va inson huquqlari hamda matbuot erkinligi böyiça xalqaro kuzatuvçilar esa operatorlarga nisbatan qilingan bunday qöpol munosabatni OAV erkinligiga va xalqaro diplomatiya etikasiga hurmatsizlik deb baholadi.

Eron Prezidenti ozarbayjonça gapirdi

Kadr ortida röy bergan va katta siyosiy salmoqqa ega epizodlardan yana biri – Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masud Pezeşkiyon örtasida keçgan “suv böyiça” qisqa, ammo mazmundor muloqot böldi.

Sirtdan oddiy köringan uşbu replika ortida aslida çuqur geosiyosiy va ikki mamlakat örtasidagi murakkab siyosiy, tarixiy-iqtisodiy munosabatlar yotadi.

Sönggi yillarda Baku va Tehron munosabatlari keskin sinovlarni boşidan keçirdi. Ozarbayjonning Tehrondagi elçixonasiga qilingan qurolli hujum, Eronning Ozarbayjon şia guruhlariga tasiri böyiça xavotirlari hamda Tehron tomoni Ozarbayjon va Isroilni hamkorlikda ayblaşi ikki örtada jiddiy işonçsizlik devorini kötargan edi.

Aliyevning eng oliy darajadagi uçraşuvda suv taklif qilişini diplomatik repertuardagi “yumşoq kuç” deyiş mumkin. Pezeşkiyonning hokimiyatga kelişi ortidan Eron taşqi siyosatida mötadillaşuv va qöşnilar bilan aloqalarni qayta tiklaş tendentsiyasi közga taşlanmoqda. Aliyev uşbu dialog orqali Baku Tehron bilan munosabatlarni ziddiyat emas, pragmatik muloqot orqali yurgizişga tayyorligini namoyiş etgandek.

Aslida birinçi örinda Pezeşkiyonning sof ozarbayjonça gapirişi köpçilikning etiborini tortdi. Masud Pezeşkiyon şunçaki ozarbayjon tilini örgangan siyosatçi emas – u etnik ozarbayjon hisoblanadi. Eronning Ğarbiy Ozarbayjon viloyatidagi Mahobod şahrida tuğilgan, otasi etnik ozarbayjon. Şu sababli Eron Prezidenti Pezeşkiyon muloqot davomida ozarbayjon tilida xatosiz va ravon gapirdi. Ikki yetakçi örtasidagi bu kabi “tarjimonsiz diplomatiya” mamlakatlar örtasidagi neça yillik devorlarni bir neça soniya içida yöqqa çiqargandek. Ammo yuz foiz şunday deb bölmaydi.

Pezeşkiyonning ozarbayjonça gapirişi ortida ulkan demografik va strategik faktor yotipti. Bugungi kunda Ozarbayjon Respublikasida taxminan 10 million aholi yaşasa, Eron Islom Respublikasida istiqomat qiluvçi etnik ozarbayjonlar soni turli manbalarga köra 25 milliondan 30-40 milliongaça yetadi. Yani, dunyo geosiyosatidagi noyob voqelik – ozarbayjon millatiga mansub aholining asosiy va katta qismi Ozarbayjon Respublikasida emas, balki Eron hududida istiqomat qiladi. Tehron uçun uşbu ulkan demografik qatlam har doim nozik va içki xavfsizlikka daxldor masala bölib kelgan. Pezeşkiyonning ozarbayjon tilida uşbu muloqotga kirişuvi bir vaqtning özida ikki tomonga signal beradi.

Suv mavzusi Ozarbayjon va Eron kun tartibidagi hayotiy muhim strategik resursdir. Ikkala mamlakat örtasidagi çegara çiziğidan ötuvçi Araz daryosi suv resurslaridan foydalaniş, daryo böyidagi töğonlar va gidroelektr stantsiyalari uzoq vaqtdan beri nozik texnik-siyosiy muzokaralar obekti bölib keladi, hatto siyosiy nizolarga ham sabab bölgan.

Ozarbayjon daryoning yuqori qismidagi sanoat çiqindilari va suv oqimining kamayişi böyiça Tehronga doimiy ravişda xavotir bildirib keladi. Uşbu suhbat ortidagi eng katta geosiyosiy fon – Zangezur yölagi masalasidir. Eron bu yölni Yevroosiyo logistikasida öz örnini yöqotişga sabab böladigan “qizil çiziq” deb elon qilgan.

Bu şunçaki bir neça ön kilometrlik transport yölagi emas, balki butun Yevroosiyo qitasining savdo va geostrategik xaritasini qayta çizişi kutilayotgan koridordir. Armanistonning Syunik viloyati orqali Ozarbayjonni özining Naxçivon Muxtor Respublikasi va u orqali Turkiya bilan töğridan-töğri boğlaşni közda tutuvçi uşbu loyiha Baku uçun yillar davom etayotgan anklav qamalini yorib ötiş, hududiy yaxlitlikni mustahkamlaş va Turkiyadan tortib Markaziy Osiyogaça bölgan uzluksiz “Turkiy koridor”ning asosiy yönalişiga aylaniş imkonidir.

Ayni paytda Eron uşbu yölning oçilişiga uzoq vaqt davomida keskin qarşi çiqib kelgan. Tehronning bu darajadagi xavotiri zaminida Armaniston orqali Şimolga çiquvçi yagona muqobil quruqlik yölini yöqotiş, Turkiya hamda Ozarbayjon halqasi qurşovida qolib ketiş va eng muhimi – iqtisodiy hamda siyosiy bosim qurolini boy beriş xavfi yotadi. Qolaversa, Eron bu yölak orqali NATO azosi bölmiş Turkiya hamda özining asosiy raqiblaridan biri Isroil tasirining şimoliy çegaralariga yaqinlaşişidan xavotirlanadi.

Uşbu geostrategik tugun Özbekiston va butun Markaziy Osiyo uçun ham bevosita daxldordir. Dengizga töğridan-töğri çiqiş yöli bölmagan Toşkent uçun Şimoliy yönalişdagi çeklovlar va sanktsiyalar fonida “Örta koridor” eng yaxşi yeçim böladi. Zangezur loyihasi töliq işga tuşsa, Ozarbayjon orqali Yevropa va Yaqin Şarqqa çiquvçi yuklar tranzit vaqti hamda tannarxi sezilarli darajada arzonlaşadi, bu esa öz-özidan Özbekiston eksport mahsulotlarining raqobatbardoşligini oşiradi.

Ayni şu sababdan, Bişkekdagi qisqa muloqotda Eronning bu boradagi qatiy pozitsiyasi asta-sekin pragmatik kompromisslarga örin böşatayotgani sezildi. Bugun Baku va Tehron Armanistonni çetlab ötib, Eron hududidan ötuvçi muqobil Aras yölagini quriş böyiça hamkorlikni muhokama qilmoqda. Siyosiy tahlilçilar va xalqaro media uşbu epizodni ikki xil ehtimol bilan baholamoqda: bir tarafdan, Eron Pezeşkiyon şaxsi hamda uning ozarbayjon tilidagi ravonligidan foydalanib Baku bilan uzoq yillik keskinlikka nuqta qöyiş va Turk dunyosiga etnik-madaniy köprik orqali kirişni maqsad qilgan bölişi mumkin.

Ikkinçi tarafdan esa, bu şunçaki kameralar uçun möljallangan taktik diplomatiya bölib, tomonlar asosiy strategik qarama-qarşiliklarda öz pozitsiyasida qoladi, ammo buni oçiq konflikt darajasiga olib çiqmaslikka kelişib oladi. Qanday bölmasin, Bişkek sammiti protokolidan taşqarida yuz bergan uşbu “tarjimonsiz suv muloqoti” – til, demografiya va geografiyaning bir joyda kesişişi zamonaviy geosiyosatda qançalik ulkan rol öynaşini körsatib berdi.

Putin va Lukaşenko Erdöğanni örtaga oldi

Yana bir diqqat markaziga tuşgan kadrlardan biri – Aleksandr Lukaşenko va Vladimir Putin Rajab Toyib Erdöğanni örtaga olib suhbatlaşib ötirgani aks etgan suratlar böldi. Kofe stoli atrofida, divanda yonma-yon ötirib olib borilgan “non-stop” formatidagi qizğin va kutilmagan suhbat bir qaraşda oddiy norasmiy kadr orti uçraşuvi bölib körinadi. Klassik rasmiy protokoldan holi bölgan uşbu muloqot markazida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan ötirgani, uning öng tomonida Aleksandr Lukaşenko, çap tarafida esa Vladimir Putin joylaşgani va Putinning qölidagi hujjatlarni körsatib Erdöğanga faol ravişda nimadir tuşuntirayotgani uçlik örtasidagi özgaça psixologik holatni körsatadi. Turkiya ŞHTning rasmiy azosi bölmasa-da, uning yetakçisi sammit maydonidagi eng asosiy va talabgir figuraga aylangan, çunki Anqara Moskva va Minsk uçun Ğarb bilan boğlovçi yagona nufuzli köprik hisoblanadi. Siyosiy tahlilçilar va dunyo mediasi uşbu qizğin muloqot ortida bir neça katta strategik mavzular turganini taxmin qilmoqda.

Avvalo, Turkiya uruş boşlanganidan beri Rossiya va Ukraina örtasida yagona vositaçi bölib kelayotgani sababli, Putinning qölidagi qoğozlar aynan tinçlik rejalari, gumanitar almaşinuvlar yoki muzokaralarning yangi şartlariga daxldor bölişi ehtimoli yuqori. Qolaversa, Qora dengizdagi navigatsiya xavfsizligi, energetika koridorlari hamda Rossiya va Belarusga nisbatan qöllanilgan sanktsiyalarni çetlab ötiş uçun Turkiya orqali ötuvçi logistika va savdo zanjirlari masalasi uçala davlat uçun ham muhimdir. Etibor bergan bölsangiz Erdöğan ançayin erkin, yoyilib ötiribdi ikki hamkasbidan köra. Buni ham psixologik jihatdan liderlik roliga boğliq deyiş mumkin. Dunyo mediasi uşbu kadrni turliça talqin qilmoqda. Ğarb naşrlari buni sanktsiyalar ostidagi yetakçilarning NATO azosi bölmiş Erdöğan atrofida jipslaşişi va Yevropada etiroz tölqinini keltirib çiqaruvçi holat deb baholayotgan bölsa, mintaqaviy tahlilçilar buni rasmiy minbarlar va tayyorlangan nutqlardan köra köproq amaliy natija beruvçi “köp qutbli dunyoning yangi divan diplomatiyasi” sifatida körmoqda.

Ğarbga berilgan signal

Hindiston Boş vaziri Narendra Modi, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin hamda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Bişkekdagi ŞHT sammiti maydonida birga köriniş berişi va muloqot qilayotgani aks etgan kadrlar oddiy rasmiy protokol doirasidan allaqaçon çiqib ketiş sifatida baholandi. Xalqaro siyosiy doiralar hamda yetakçi media tahlilçilari uşbu vizual muloqotni köp qutbli dunyo tartibining namoyişi va Ğarb geosiyosiy gegemonligiga berilgan oçiq hamda jiddiy signal sifatida baholamoqda.

Narendra Modi qarşisida Si Tszinpin va Putinni bir vaqtda körgaç, öng qölini Xitoy raisiga va çap qölini Rossiya Prezidentiga uzatgan. Yevroosiyoning tirik yirik qudratli vakillarining bir joyda jipslaşib körinişi ortida öta murakkab va köp qatlamli manfaatlar tuguni yotadi.

Avvalo, uşbu tasvir Vaşington va uning ittifoqçilariga aniq bir xabarni yöllamoqda: Ğarbning Rossiyani xalqaro izolyatsiyaga oliş va jazolaşga qaratilgan harakatlari kutilgan natijani bermadi. Dunyo aholisining qariyb yarmini, ulkan iqtisodiyot va yadroviy salohiyatni özida mujassam etgan Pekin va Nyu-Dehli Moskva bilan muloqotni uzgani yöq, aksinça, ŞHT va BRIKS kabi platformalar doirasida umumiy strategik kun tartibini belgilaşda davom etmoqda.

Uşbu kadrning eng qiziq va nozik jihati – Hindiston hamda Xitoy örtasidagi murakkab va ziddiyatli munosabatlar fonida yuz berganidir. Çegara böyidagi harbiy töqnaşuvlar va iqtisodiy raqobatga qaramay, Modining Si Tszinpin va Putin bilan bir qatorda paydo bölişi Nyu-Dehlining “strategik muvozanat” siyosatini körsatadi. Hindiston Vaşington bilan xavfsizlik sohasida yaqinlaşayotgan bölsa-da, özining taşqi siyosatida Ğarbga böysunmasligini va Osiyo qitasidagi öz mustaqil gegemonlik manfaatlari borligini amalda isbotlamoqda.

Moskva uçun esa uşbu uçlik uçraşuvi geostrategik ğalaba hisoblanadi. Vladimir Putin Xitoy va Hindiston kabi global öyinçilarni bir stolda va bir kadrda uşlab turiş orqali Yevroosiyodagi xavfsizlik va iqtisodiy arxitekturani aynan Rossiya iştirokida qayta quriş mumkinligini körsatmoqda.

Qanday bölmasin, Modi, Si Tszinpin va Putinning Bişkekdagi uşbu birgalikdagi kadri zamonaviy xalqaro munosabatlarda Ğarbdan ayro holda, Osiyoning yirik qudratlari iştirokida yangi geosiyosiy voqelik şakllanayotganidan dalolat beruvçi eng yorqin belgilardan biriga aylandi.

Birinçi xonimlar qanday vaqt ötkazdi?

Bişkekda ötayotgan Şanxay hamkorlik taşkiloti sammiti nafaqat davlat rahbarlarining siyosiy va iqtisodiy muzokaralari, balki “birinçi xonimlar diplomatiyasi” va madaniy muloqotlar bilan ham alohida etibor qozonmoqda. Sammit kun tartibidan örin olgan tadbirlar doirasida 31 avgustdan etiboran davlat rahbarlarining rafiqalari va rasmiy vakillari Qirğizistonning boy tarixi, milliy ananalari hamda madaniy merosi bilan yaqindan tanişdilar.

Qirğiziston birinçi xonimi Oygul Japarova mezbonligida ötgan tadbirlar doirasida xonimlar Qirğiziston Davlat tarix muzeyiga taşrif buyurdi. Ular qirğiz va xitoy madaniy hamkorligiga bağişlangan maxsus körgazmalar bilan tanişib, milliy dizaynerlar töplamlari hamda “Eleçek – qirğiz ayolining bebaho merosi” nomli körgazmali namoyişni tomoşa qildilar. Şuningdek, Bişkekdagi Butunjahon köçmançilar öyinlarining tantanali oçiliş marosimida Özbekiston birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva, Ozarbayjon birinçi xonimi Mehribon Aliyeva hamda Turkiya birinçi xonimi Emine Erdöğan iştirok etib, Yevroosiyo xalqlarining madaniy va etnik boğliqligini yana bir bor namoyiş etdilar.

Bu galgi birinçi xonimlar formatining eng şov-şuvli va diqqatga sazovor diplomatik detallaridan biri – Eron Islom Respublikasi delegatsiyasidagi özgariş böldi. Uşbu sammitda Eron nomidan Prezident Masud Pezeşkiyonning qizi Zuhra Pezeşkiyon rasmiy vakil va “birinçi xonim” vazifasini bajaruvçi maqomida faol köriniş bermoqda.

Ibrohim Raisiy prezidentligi davrida uning rafiqasi Jamila Alamolhodo xalqaro va mintaqaviy sammitlarda öta kamnamo bölgan, hatto rasmiy va madaniy tadbirlarda yuzini deyarli töliq yopgan holatda qatnaşgan edi.

Masud Pezeşkiyonning hokimiyatga kelişi va uning qizi Zuhra Pezeşkiyonning oçiq diplomatik maydonga çiqişi esa Eron taşqi siyosatidagi “yumşoq kuç” imijining belgisidir. Zuhra Pezeşkiyonning xalqaro hamjamiyat va boşqa birinçi xonimlar bilan bir qatorda faol köriniş berişi – Eronning dunyoga, xususan ŞHT va Turk – Yevroosiyo makoniga yanada oçiqroq, zamonaviyroq va muloqotbop jamiyat sifatida körinişga intilayotganidan dalolat beradi.

Şavkat Mirziyoyevning iştiroki

31 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva hamrohligida Şanxay hamkorlik taşkiloti sammiti hamda “ŞHT plyus” formatidagi uçraşuvlarda iştirok etiş uçun amaliy taşrif bilan Bişkek şahriga bordi.

Bişkekning “Manas” xalqaro aeroportida davlat rahbarini Qirğiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Odilbek Qosimaliyev va boşqa yuqori martabali rasmiylar kutib oldi. Kutib oliş marosimida harbiylarning faxriy qorovullari saf tortgani, milliy kiyimdagi qizlar tomonidan ananaviy mehmondöstlik ramzi sifatida non va tuz taqdim etilgani hamda aeroport hududida ikki mamlakat davlat bayroqlari qatorasiga kötarilgani alohida etibor qaratilişi lozim bölgan nozik va samimiy detallardan böldi.

Amaliy taşrif dasturi doirasida davlat rahbari Bişkekda qator muhim ikki tomonlama uçraşuv va muloqotlar ötkazdi.

Dastlab, AQŞ Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Serjio Gorni qabul qildi. Uçraşuv avvalida Serjio Gor Özbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tabrik yöllab, AQŞ Prezidentining salomi va tilaklarini yetkazdi. Tomonlar strategik şeriklikni mustahkamlaş, oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş hamda energetika, transport, muhim minerallar, raqamli texnologiyalar, suniy intellekt va qişloq xöjaligi yönalişlarida qöşma loyihalarni ilgari suriş masalalarini muhokama qildilar. Şuningdek, “C5+1” formati hamda Özbekiston – Amerika işbilarmonlik kengaşining bölajak yiğilişiga tayyorgarlik körişga alohida etibor qaratildi.

Vladimir Putin bilan ötgan uçraşuvda esa keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş masalalari körib çiqildi. Joriy yil boşidan buyon özaro tovar ayirboşlaş hajmi 12 foizga oşgani takidlanib, sanoat, energetika, metallurgiya va transport sohalaridagi yirik qöşma loyihalar hamda madaniy-gumanitar almaşinuvlarni faollaştiriş lozimligi qayd etildi.

BMT Boş kotibi bilan muloqot çoğida Antoniu Guterriş Özbekiston xalqini mustaqillikning 35 yilligi bilan qutladi. Şavkat Mirziyoyev BMT bilan köp qirrali hamkorlikni yuqori baholab, taşkilot tizimidagi islohotlarni qöllab-quvvatlaşini bildirdi. Muloqotda sönggi yillarda Özbekiston taşabbusi bilan BMT Boş Assambleyasining 15 ta rezolyutsiyasi qabul qilingani va mamlakat Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişda katta yutuqlarni qölga kiritayotgani etirof etildi.

Xalqaro va mintaqaviy OAVlari ham Özbekiston yetakçisining Bişkekka taşrifini keng yoritmoqda. Xorijiy naşrlar Özbekistonning Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlik va savdo yölaklarini rivojlantirişdagi yetakçilik rolini alohida takidlab, taşrif doirasidagi oliy darajadagi uçraşuvlar mintaqaviy barqarorlik va köp tomonlama diplomatiyani mustahkamlaşga xizmat qilişini yozmoqda.

Kunning ikkinçi yarmida Prezident Şavkat Mirziyoyev nufuzli VI Butunjahon köçmançilar öyinlarining tantanali oçiliş marosimida ham iştirok etdi.

1 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev ŞHT sammitida mintaqaviy xavfsizlik, transport, ekologiya va madaniy hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan muhim va strategik takliflarni ilgari surdi. Bular haqida keyinroq. Hozir Sadir Japarovning iştirok uçun Şavkat Mirziyoyevga bildirgan minnatdorligini köramiz.

Şavkat Mirziyoyev bir qator taşabbuslarni ilgari surdi. Eng avvalo, Afğonistonda tinçlik va barqarorlikni saqlaş butun mintaqaning taraqqiyoti uçun fundamental ahamiyatga ega ekanini takidlab, xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qiliş uçun ŞHTning Afğoniston bilan muntazam muloqotini qayta tiklaş vaqti kelganini bildirdi.

“Barçamizga yaratuvçan mintaqaviy jarayonlarga integratsiyalaşgan, farovon qöşni mamlakat kerak. Xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikning keng kölamli masalalarini muhokama qiliş uçun ŞHTning Afğoniston bilan muntazam muloqotini qayta tiklaş vaqti keldi”, deydi Şavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari öz nutqida iqlim özgarişi bilan boğliq xavf-xatarlar mamlakatlarning oziq-ovqat, suv va energetik xavfsizligiga salbiy tasir körsatayotganiga töxtalib, taşkilot doirasida 2035 yilga qadar suv va energetika samaradorligi sohasida texnologik hamkorlik dasturini işlab çiqiş hamda ixtisoslaşgan mexanizmlarni yölga qöyişni taklif qildi. Transport va logistika sohasidagi aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş maqsadida ŞHTga azo davlatlarning temir yöl makonlari integratsiyasi böyiça kengaş tasis etiş va milliy transport tizimlarining çoksiz özaro boğlanişini taminlaş zarurligi körsatib ötildi.

Şuningdek, Özbekiston yetakçisi Toşkent şahrida faoliyat yuritadigan Xavfsizlikka tahdid va xatarlarga qarşi kuraşiş böyiça universal markaz uçun barça zarur şaroitlar yaratilişini takidladi hamda xalqlar örtasidagi döstlik riştalarini mustahkamlaş maqsadida 2028–2030 yillarga möljallangan ananaviy sanat va nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylaş hamda ommalaştiriş böyiça hamkorlik dasturini tayyorlaş taşabbusini ilgari surdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: