Bişkekda ŞHTning 25 yillik yubiley sammiti boşlandi
Bugun, 1 sentyabr kuni Qirğizistonning Bişkek şahrida Şanxay hamkorlik taşkilotining 25 yilligiga bağişlangan sammit rasman start oldi. Sammitda ŞHTga azo barça 10 davlat rahbarlari iştirok etmoqda.
Qirğiz OAVlarining malum qilinişiça, yiğiliş Qirğiziston poytaxtidagi yangi “Iris Ordo” kongress-holida ötkazilmoqda. 1 sentyabr sammitning asosiy kuni hisoblanadi. Dastlab ŞHT Davlat rahbarlari kengaşining majlisi, şundan söng “ŞHT plyus” formatidagi yiğiliş ötkaziladi.
Qirğizistonning ŞHTdagi raisligi “25 yillik ŞHT: birgalikda barqaror tinçlik, taraqqiyot va farovonlik sari” şiori ostida ötkazilmoqda.
Yubiley sammitida mintaqaviy xavfsizlikdan tortib, suniy intellektdan iqtisodiyotda foydalanişgaça bölgan qator masalalar muhokama qilinişi rejalaştirilgan. Sammit yakunida Bişkek deklaratsiyasini qabul qiliş közda tutilgan. Hujjat loyihasi avvalroq ŞHTga azo davlatlar Taşqi işlar vazirlari tomonidan kelişib olingan.
Ayni paytda ŞHT tarkibiga Belarus, Hindiston, Eron, Qozoğiston, Xitoy, Qirğiziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Özbekiston kiradi.
Malumot uçun, taşkilot 1996 yilda “Şanxay beşligi” sifatida tuzilgan. Uning tarkibiga Qozoğiston, Xitoy, Qirğiziston, Rossiya va Tojikiston kirgan bölib, asosiy maqsadlardan biri harbiy sohada özaro işonçni mustahkamlaş va davlatlar çegaralarini demilitarizatsiya qiliş edi.
2001 yilda Özbekistonning qöşilişi bilan taşkilot rasman Şanxay hamkorlik taşkilotiga aylangan. Şu bilan birga, uning kun tartibi sezilarli darajada kengayib, terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarşi kuraş masalalariga ham alohida etibor qaratila boşlangan.
Keyingi ikki ön yillikda ŞHT yana 4 ta davlat hisobiga kengaydi. Taşkilot faoliyati ham faqat xavfsizlik masalalari bilan çeklanib qolmay, iqtisodiyot, savdo, transport, energetika, texnologiya va boşqa sohalarni qamrab oldi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan Şanxay hamkorlik taşkilotiga azo davlatlar rahbarlari kengaşining navbatdagi yiğilişi hamda “ŞHT plyus” formatidagi uçraşuvda iştirok etiş uçun Bişkek şahriga jönab ketgandi.