Şavkat Mirziyoyev ŞHT sammitida qatnaşiş uçun Bişkekka boradi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 31 avgust – 1 sentyabr kunlari Şanxay hamkorlik taşkilotiga azo davlatlar rahbarlari kengaşining navbatdagi yiğilişi hamda “ŞHT plyus” formatidagi uçraşuvda iştirok etiş uçun amaliy taşrif bilan Bişkek şahrida böladi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, sammit kun tartibidan ŞHT doirasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantiriş va taşkilot faoliyatini takomillaştirişga oid dolzarb mavzular örin olgan. Xalqaro va mintaqaviy hamkorlik masalalari ham muhokama qilinadi.
Yiğiliş yakunida ŞHTning 25 yilligiga bağişlangan Bişkek deklaratsiyasi hamda xavfsizlik, iqtisodiyot, transport, ekologiya, suniy intellekt, madaniy-gumanitar almaşinuv va hamkorlikning boşqa köplab yönalişlarida şeriklikni kengaytirişga qaratilgan hujjatlar töplamini qabul qiliş rejalaştirilgan.
Sammit doirasida Prezident Şavkat Mirziyoyev xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazadi.
Bildirilişiça, taşrif dasturiga muvofiq, Özbekiston yetakçisi VI Butunjahon köçmançilar öyinlarining oçiliş marosimida ham iştirok etadi.
Eslatib ötamiz, avvaloq Qirğizistonning poytaxti Bişkek şahrida ŞHTning navbatdagi oliy darajadagi sammitida nimalar kutilayotgani va tayyorgarlik qanday bölayotgani haqida xabar berilgandi.