USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Bişkekdagi ŞHT sammitida qaysi mamlakatlar yetakçilari qatnaşadi? 

169 марта
Бишкекдаги ШҲТ саммитида қайси мамлакатлар етакчилари қатнашади? 

Joriy yilning 1 sentyabr kuni Qirğiziston poytaxti Bişkekda mamlakat Prezidenti Sadir Japarov raisligida Şanxay hamkorlik taşkiloti azo mamlakatlar rahbarlari kengaşining navbatdagi majlisi va “ŞHT plyus” formatidagi oliy darajadagi uçraşuv bölib ötadi. Qirğiziston Prezidenti Administratsiyasi iştirokçilar röyxatini elon qildi.

Uşbu tadbirlarda quyidagilar iştirok etadi:

  • Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenko;
  • Hindiston Respublikasi Boş vaziri Narendra Modi;
  • Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masud Pezeşkiyon;
  • Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev;
  • Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin;
  • Pokiston Islom Respublikasi Boş vaziri Şahboz Şarif;
  • Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin;
  • Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon;
  • Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev;
  • Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
  • Armaniston Respublikasi Boş vaziri Nikol Paşinyan;
  • Möğuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux;
  • Togo Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi For Essozimna Gnassingbe;
  • Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan;
  • Laos Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Txonglun Sisulit;
  • Vetnam Sotsialistik Respublikasi Vitse-prezidenti Vo Txi An Suan;
  • Misr Arab Respublikasi Boş vaziri örinbosari Husayn Iso.

Xalkaro taşkilotlardan quyidagilar iştirok etadi:

  • Şanxay hamkorlik taşkiloti Boş kotibi Nurlan Yermekbayev;
  • Şanxay hamkorlik taşkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qömitasi direktori Ularbek Şarşeyev;
  • Barlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibi Antoniu Guterriş;
  • Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Boş kotibi Sergey Lebedev;
  • Koloyektiv Xavfsizlik Şartnomasi Taşkiloti Boş kotibi Taalatbek Masadikov;
  • Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi Hayati raisi Baqitjan Sagintayev;
  • Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaş Boş kotibi Qayrat Saribay.

Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni, taşkilotni yanada rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini, şuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, raqamli, ekologik va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni çuqurlaştiriş istiqbollarini muhokama qiladi.

Majlis yakunlari böyiça ŞHTning yigirma beş yilligi Bişkek deklaratsiyasi, köp tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlaş va Taşkilot faoliyatini takomillaştirişga qaratilgan hujjatlar va qarorlar imzolanadi, şuningdek, davlat rahbarlarining bir qator tematik bayonotlari qabul qilinadi.

“ŞHT plyus” formatidagi kengaytirilgan tarkibdagi oliy darajadagi uçraşuvda BMTning markaziy muvofiqlaştiruvçi roli va xalqaro huquqni mustahkamlaş, şuningdek, barqaror rivojlanişga kömaklaşiş va özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş masalalari böyiça fikr almaşiladi.

Bölajak sammit Qirğiziston Respublikasining 2025-2026 yillardagi “ŞHTning 25 yilligi: birgalikda barqaror tinçlik, taraqqiyot va farovonlik sari” şiori ostida ötayotgan ŞHTga raisligining asosiy yakuniy tadbiri böladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: