USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Si Tszinpin mehmonlari uçun quyuq ziyofat berdi.

339 марта
Si Tszinpin mehmonlari uçun quyuq ziyofat berdi.

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin keça, 31 avgust kuni rafiqasi Pen Liyuan bilan Şanxay hamkorlik taşkiloti (ŞHT) sammiti iştirokçilari uçun Tyantszinda ziyofat uyuştirdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.

Telekanal malumotlariga köra, ziyofat oldidan Si Tszinpin rafiqasi bilan “Meytszyan” kongress markazida Xitoyga kelgan xorijiy davlat rahbarlarini samimiy qutlagan. Ular qöl berib salomlaşgan va birgalikda suratga tuşgan.


Şundan söng mehmonlar uçun ziyofat va kontsert taşkillaştirilgan. Bayramona dasturxonda davlat rahbarlariga keng turdagi taomlar va içimliklar taklif etildi. Mehmonlarga sakkiz delikatesli şörva, soya sousida omar, qöziqorinli bifşteks, dengiz nöxati bilan taomlar, şuningdek, nilufar piyozi va nöxat novdalari bilan taomlar tortilgan.

Asosiy taomga maşhur buğda pişirilgan “Goubuli“ göştli buloçkalari va “Igna quloği” ğayrioddiy nomli qovurilgan taom kiritilgan. Şirinlik uçun tiramisu, sarxil mevalar va muzqaymoq taklif qilindi.

Içimliklarga kelsak, mehmonlarga kofe, çoy, şuningdek, Tyantszindagi 2024 yil hosilidan olingan “Dinastiya” brendining qizil va oq quruq şaroblari taklif qilindi.
Tadbirlarda Tadbirlarda Xitoy Raisi Si Tszinpin, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Belarusdan Aleksandr Lukaşenko, Hindiston Boş vaziri Narendra Modi, Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif, Eron Prezidenti Masud Pezeşkiyon, Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Tщqayev, Qirğiz Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Möğuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Misr, Kambodja, Nepal, Armaniston hukumatlari rahbarlari hamda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibi Antoniu Guterriş ham qatnaşdi

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: