Şavkat Mirziyoyevni bir neça davlat rahbarlari yangi yil munosabati bilan tabrikladi
31-12-2025, 20:46
190 марта

Şavkat Mirziyoyevni bir neça davlat rahbarlari yangi yil munosabati bilan tabrikladi
Kirib kelayotgan yangi 2026 yil munosabati bilan prezident Şavkat Mirziyoyevni bir neça davlat rahbarlari tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.Qayd etilişiça, davlat rahbari nomiga xorijiy davlatlar, parlamentlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar, yetakçi moliyaviy institutlar rahbarlari, taniqli siyosatçilar, jamoat va din arboblaridan samimiy tabrik va tilaklar kelmoqda.
Qutlovlarda prezidentimiz rahbarligida Yangi Özbekistonni barpo etiş strategiyasi doirasida amalga oşirilayotgan siyosiy yangilanişlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga yuksak baho berilgan.
Şu bilan birga, mamlakat xalqaro maydondagi mavqeyi va nufuzi tobora mustahkamlanib borişiga xizmat qilayotgan proaktiv, oçiq va pragmatik taşqi siyosatning samaralari alohida qayd etilgan.
Xorijiy hamkorlar Özbekiston yetakçisi va köp millatli xalqiga yangi yilda tinçlik-osoyiştalik, baxt-saodat, farovonlik, katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tilaklarini izhor etmoqda.
Jumladan, quyidagilar öz tabriklarini yöllagan:
- Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin;
- Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin;
- Qozoğiston Respublikasi prezidenti Qosim-Jömart Töqayev;
- Qirğiz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov;
- Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon;
- Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
- Turkman xalqining milliy yetakçisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;
- Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev;
- Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukaşenko;
- Qozoğiston Respublikasining birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyev;
- Yevropa kengaşi prezidenti Antoniu Koşta;
- Germaniya Federativ Respublikasi Federal prezidenti Frank-Valter Ştaynmayer;
- Germaniya Federativ Respublikasi Federal kantsleri Fridrix Merts;
- Buyuk Britaniya va Şimoliy Irlandiya Birlaşgan Qirolligi Boş vaziri Kir Starmer;
- Italiya Respublikasi prezidenti Serjio Mattarella;
- Ispaniya Qiroli Filipp VI;
- Sloveniya Respublikasi prezidenti Nataşa Pirts Musar;
- Vengriya prezidenti Tomaş Şuyok;
- Polşa Respublikasi prezidenti Karol Navrotskiy;
- Latviya Respublikasi prezidenti Edgars Rinkeviçs;
- Litva Respublikasi prezidenti Gitanas Nauseda;
- Xorvatiya Respublikasi prezidenti Zoran Milanoviç;
- Birlaşgan Arab Amirliklari prezidenti şayx Muhammad bin Zoid al Nahayon;
- Yaponiya Boş vaziri Sanae Takaiçi;
- Koreya Respublikasi prezidenti Li Çje Myon;
- Kuvayt Davlati Amiri Mişal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
- Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as Sisi;
- Eron Islom Respublikasi prezidenti Masud Pezeşkiyon;
- Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi prezidenti Abdulmajid Tebbun;
- Falastin Davlati prezidenti Mahmud Abbos;
- Myanma Ittifoqi Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvçi Min Aun Xlayn;
- Birlaşgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Boş vaziri, Dubay Amirligi hokimi Şayx Muhammad bin Roşid al-Maktum;
- Ömon Sultonligi Boş vaziri örinbosari Fahad al Said;
- Singapur Respublikasi Boş vaziri Li Syan Lun;
- Şanxay hamkorlik taşkiloti boş kotibi Nurlan Yermekbayev;
- Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi boş kotibi Sergey Lebedev;
- Turkiy davlatlar taşkiloti boş kotibi Kubaniçbek Omuraliyev;
- Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti boş kotibi Asad Xon;
- BMT Boş kotibining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo mamlakatlari uçun preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze;
- Jahon banki prezidenti Ajay Banga;
- Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi prezidenti Janni Infantino.