ŞHT sammiti: Bişkekdagi kengaşda “kattakonlar” nimalarni muhokama qiladi?
Joriy yilning 1 sentyabr kuni Qirğiziston poytaxti Bişkek şahrida Şanxay hamkorlik taşkilotiga azo davlatlar rahbarlari kengaşining navbatdagi yiğilişi bölib ötadi. Şuningdek, “ŞHT plyus” formatida yuqori darajadagi uçraşuv ham ötkazilişi rejalaştirilgan. QALAMPIR.UZ kutilayotgan nufuzli uçraşuv töğrisida quyida qisqaça malumot berib ötadi.
Avvalo, mazkur tadbirlarda oliy darajadagi rasmiylar va mamlakat rahbarlari umumiy mavzular doirasida nimalarni muhokama qilişlari malum bölsa, tor doiralardagi uçraşuvlar va “kiçik stollar” atrofidagi “gurunglar” ayni nimalar haqida ötişi, ulardagi kun tartibida turgan mavzular nima ekanligi hozirça mavhum bölib qolmoqda.
Sammitdagi kun tartibida özi nimalar bor?
Bildirilişiça, tadbirlarda Şanxay hamkorlik taşkilotiga azo davlatlar rahbarlari va vakillari, taklif etilgan mamlakatlar hamda qator xalqaro taşkilotlar rahbarlari iştirok etişi kutilmoqda.
Oçiq malumotlarga köra, davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni, taşkilotni yanada rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini muhokama qiladi.
Şuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, raqamli, ekologik va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni çuqurlaştiriş istiqbollari körib çiqiladi.
“ŞHT plyus” formatidagi kengaytirilgan tarkibdagi uçraşuvda esa BMTning markaziy muvofiqlaştiruvçi rolini va xalqaro huquqni mustahkamlaş, barqaror rivojlanişga kömaklaşiş hamda özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş masalalari yuzasidan fikr almaşiladi.
Manbalarning qayd etişiça, sammit yakunida ŞHTning 25 yilligiga bağişlangan “Bişkek deklaratsiyasi” qabul qilinişi kutilmoqda.
Şuningdek, yakunda köp tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlaş va taşkilot faoliyatini takomillaştirişga qaratilgan hujjatlar hamda qarorlar imzolanadi, davlat rahbarlarining qator tematik bayonotlari qabul qilinadi.
Qöşni mamlakat naşrlarining malum qilinişiça, bölajak sammit Qirğizistonning 2025-2026 yillardagi ŞHTga raisligi doirasidagi asosiy yakuniy tadbir böladi. Raislik “ŞHTga 25 yil: barqaror tinçlik, taraqqiyot va farovonlik sari birgalikda” şiori ostida ötmoqda.
Avvalroq Bişkekda bölib ötadigan ŞHT sammiti iştirokçilarining röyxati xabar qilingan edi. Unda BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş va yana bir qator xalqaro mehmonlar ham örin olgandi.
Mezbonning mehmonlar uçun taraddudi qanday?
Malum qilinişiça, bugun, 30 avgust kuni Xitoy rahbari Si Tszinpin Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan mamlakatga davlat taşrifini amalga oşiradi.
Qirğiz naşrlariga köra, ŞHT sammiti va VI Jahon köçmançilar öyinlariga tayyorgarlik hamda ularni ötkaziş davrida Qirğizistonda xavfsizlik çoralari kuçaytirilmoqda.
Hattoki sammit davrida Bişkek aholisidan şaharni vaqtinça tark etiş söralgan. Qirğiziston Prezidentining matbuot kotibi Asqat Olağozov, avvalroq rasman Bişkek aholisini uşbu kunlarni iloji bölsa, Issiqkölda yoki boşqa dam oliş maskanlarida ötkazişga çaqirgan.
Uning takidlaşiça, birinçi marta 21 davlat yetakçilari Qirğizistonga bir vaqtning özida taşrif buyuradi, ularning bazilari rasmiy davlat taşriflarini rejalaştirgan.
“Maktab öquvçilari va universitet talabalari 15 sentyabr kuni darslarga qaytadilar. Şuning uçun 1 sentyabrgaça Bişkekka şoşilişning hojati yöq. Qirğizistonliklar tatillarini 15 sentabrdan ança oldin rejalaştirişlari mumkin”, degandi Olağozov.
Şuningdek, xavfsizlikni taminlaş va transport tizimiga tuşadigan yuklamani kamaytiriş maqsadida esa 31 avgust va 1 sentyabr kunlari Bişkekda yirik savdo markazlari, bozorlar hamda rasmiy delegatsiyalar harakatlanadigan yönalişlardagi ayrim yerosti ötiş joylari yopilişi aytilgan.
Bundan taşqari, ŞHT sammiti va VI Jahon köçmançilar öyinlari davomida Bişkekda jamoat tartibini taminlaş maqsadida 15 mingdan ortiq militsiya xodimi jalb etilişi reja qilingan.
Keng kölamli tadbirlar munosabati bilan 30 avgustdan boşlab poytaxtning ayrim köçalari hamda yöl uçastkalarida transport harakatiga vaqtinçalik çeklovlar joriy etilişi belgilangan.