MDH yetakçilari Duşanbeda nimalarga kelişib oldi?
11-10-2025, 08:18
91 марта

MDH yetakçilari Duşanbeda nimalarga kelişib oldi?
Bugun, 10 oktyabr kuni Duşanbe şahrida bölib ötgan Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi yiğilişi yakunida MDH doirasidagi hamkorlikning ustuvor yönalişlari böyiça kelişuv va qarorlar töplami imzolandi.Sammitda quyidagi hujjatlar imzolandi:
- 2026 yilda Mustaqil Davlatlar Hamdöstligida raislik töğrisida qaror.
- Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Boş kotibi töğrisida qaror.
- Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Davlat rahbarlari Kengaşining navbatdagi majlisini ötkaziş töğrisida protokol.
- 2023–2025 yillarda MDH Inson huquqlari böyiça komissiyasi faoliyati töğrisida qaror.
- 2026–2028 yillar uçun terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraş sohasida MDHga azo davlatlar hamkorlik dasturi töğrisida qaror.
- 2026–2030 yillarda taşqi çegaralarda çegara xavfsizligini mustahkamlaş böyiça MDH davlatlari hamkorlik dasturi töğrisida qaror.
- MDHga azo davlatlarning vakolatli organlari tomonidan xalqaro nazorat ostidagi yetkazib beriş tartibini taşkil etiş va ötkaziş töğrisida şartnoma.
- 2030 yilgaça MDH davlatlarining harbiy hamkorlik Kontseptsiyasi töğrisida qaror.
- Mintaqaviy energetik xavfsizlikni taminlaş sohasida hamkorlik töğrisidagi Deklaratsiya haqida qaror.
- 1998 yil 6 martdagi ozodlikdan mahrum etilganlarni jazoni ötaş uçun topşiriş töğrisidagi Konventsiyaga Birinçi fakultativ protokol.
- 1993 yil 24 sentyabrdagi Qoçqinlar va majburiy köçirilganlarga yordam töğrisidagi kelişuv amaldagi kuçini tugatiş töğrisida protokol.
- 2005 yil 26 avgustdagi MDH davlatlari oliy moliyaviy nazorat organlari rahbarlari hukumatlararo kengaşi töğrisidagi qarorni bekor qiliş haqida qaror.
- “Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi plyus” formati taşkil etiş töğrisida qaror.
- Transmilliy jinoyatçilikka qarşi kuraşda hamkorlik töğrisida MDH davlat rahbarlarining Qöşma bayonoti haqida qaror.
- Jinoiy yöl bilan topilgan daromadlarni legallaştiriş (yuviş), terrorizmni moliyalaştiriş va ommaviy qirğin qurollari tarqatilişini moliyalaştirişga qarşi hamkorlik töğrisida MDH rahbarlarining Bayonoti haqida qaror.
- BMT tuzilganining 80 yilligi munosabati bilan MDH davlat rahbarlarining Qöşma bayonoti haqida qaror.
- Çernobil AES fojiasining 40 yilligi munosabati bilan MDH davlat rahbarlarining Bayonoti haqida qaror.
- Şanxay Hamkorlik Taşkilotiga MDH huzurida Kuzatuvçi maqomi beriş töğrisida qaror.
- MDH organlarida mehnat haqi tölaş şartlarini takomillaştiriş töğrisida protokol.