Surxondaryoda biryöla 2 ta dökonga öt ketdi
Bugun, 3 sentyabr kuni Surxondaryo viloyatining Angor tumanidagi dökonda yonğin sodir böldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, soat 07:38 da “112” tizimidan Surxondaryo viloyati FVBga, Angor tumani, “Yangiturmuş” MFY, At-Termiziy köçasida dökon yonayotganligi töğrisida xabar kelib tuşgan.
Xabarga asosan 3 ta qutqaruv bölinmasi zudlik bilan hodisa joyiga yetib borib, yonğin soat 07:48 da örab olingan va soat 08:15 da öçirilgan.
Dastlabki malumotga köra, yonğin oqibatida 2 ta kiyim-keçak savdo dökonining taxminan 35 kvadrat metr maydoni zararlangan.
Bildirilişiça, hodisada tan jarohati olganlar yöq. Hozirda yonğin sababi va zarari aniqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Olmaliq şahridagi dehqon bozoriga öt ketgan edi.