Olmaliqdagi bozorda dahşatli yonğin çiqdi
Bugun, 30 avgust kuni tongda Toşkent viloyatining Olmaliq şahridagi dehqon bozoriga öt ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, hodisa soat 05:18 da Toşkent viloyati Olmaliq şahar “Hamza” MFY hududida joylaşgan “Oydin dehqon bozori”da sodir bölgan. Qayd etilişiça, yonğin sodir bölayotgani töğrisida öşa vaqtda Toşkent viloyati FVBBga xabar kelib tuşgan.
Xabarga asosan, yonğin-qutqaruv bölinmalari voqea joyiga yetib borib, yonğin qurşab olingan va soat 07:12 da öçirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida malumot kelib tuşmagan.
Bildirilişiça, hozirda yonğin sababi va zarari aniqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Andijon viloyati, Andijon şahrida joylaşgan umumiy ovqatlaniş şoxobçasida yonğin sodir bölgandi.