Miroboddagi omborga öt ketdi
Bugun, 5 avgust kuni Mirobod tumani Eski Otçopar köçasida joylaşgan omborxonada yonğin sodir böldi. Bu haqda Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, soat 12:58 da Mirobod tumani Eski Otçopar köçasida joylaşgan omborxonada yonğin bölayotgani töğrisida Toşkent şahar FVBBga murojaat kelib tuşgan.
Xabarga asosan yonğin-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan yetib borib, yonğin soat 13:17 da öçirilgan.
Qayd etilişiça, tan jarohati olganlar töğrisida xabar kelib tuşmagan.
Eslatib ötamiz, bugun, 5 avgust kuni Toşkent şahrining Olmazor tumanida joylaşgan köp qavatli uylardan biridagi elektr qutisida yonğin sodir bölgandi. Şuningdek, Andijon viloyati Qörğontepa tumanidagi çoyxonada ham yonğin sodir bölgan.