Yangihayot tumanidagi xonadonga öt ketdi
Bugun, 22 iyul kuni Yangihayot tumanidagi xonadonlardan birida yonğin sodir böldi. Bu haqda Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, soat 12:00 da Toşkent şahri Yangihayot tumani, Qipçoq köçasida joylaşgan şaxsiy xonadon yonayotgani töğrisida Toşkent şahar FVBBga xabar kelib tuşgan.
Şunga köra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 12:09 da yetib borib, yonğin soat 12:22 da qurşab olingan va soat 12:29 da öçirilgan.
Bildirilişiça, uşbu manzilda tan jarohati olgan fuqarolar yöq. Hozirda yonğin sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanidagi qurilişi töliq bitmagan köp qavatli binoda yonğin sodir bölgan edi.