Yakkasaroydagi köp qavatli binoga öt ketdi
Bugun, 17 iyul kuni Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanidagi qurilişi töliq bitmagan köp qavatli binoda yonğin sodir böldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, soat 17:45 da Toşkent şahar FVBBga Yakkasaroy tumani, Boşliq 1-dahasida joylaşgan qurilişi töliq tugallanmagan bino tutayotganligi töğrisida xabar kelib tuşgan.
Qutqaruv bölinmalari aytilgan manzilga tezkorlik bilan yetib borib, yonğin soat 18:00 da öçirilgan.
Bildirilişiça, yonğin oqibatida tan jarohati olganlar yöq. Hozirda yonğin sababi va zarari aniqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, bugun, 17 iyul kuni Jizzax viloyatining Ğallaorol tumanidagi maktablardan birida yonğin sodir bölgan edi.