Toşkentda yöl örtasidagi truba yorilib, asfaltni öpirib yubordi
Bugun, 3 sentyabr kuni Yakkasaroy tumanining Glinka köçasida yuqori bosimli truba yorilişi oqibatida yöl qoplamasining bir qismi öpirildi. Hodisa oqibatida bir kişi jarohatlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, hozirda hodisa joyida tegişli mutasaddi taşkilotlar va soha mutaxassislari iş olib bormoqda. Ular tomonidan hodisa sabablarini aniqlaş, oqibatlarini bartaraf etiş va şikastlangan qismni tiklaş işlari amalga oşirilmoqda. Mazkur holat Toşkent şahar hokimligi tomonidan alohida nazoratga olingani takidlangan.
Bildirilişiça, hodisa oqibatida bir nafar şaxs yengil tan jarohati olgan. Unga öz vaqtida tez tibbiy yordam körsatilgan.
Şuningdek, hodisa joyiga “Veolia Energy Taşkent” MÇJ avariya-tiklaş brigadasi va mutaxassislari zudlik bilan yetib borgan. Hozirda xodimlar sodir bölgan hodisaning barça tafsilotlari va öpiriliş sabablarini örganişmoqda. Ayni paytda heç qanday sizib çiqiş holati aniqlanmagan.
Bundan taşqari, Glinka köçasida transport vositalari harakati vaqtinça töxtatilgan. Haydovçilardan öz yönalişlarini rejalaştirişda uşbu çeklovni inobatga oliş söralgan.
Malum qilinişiça, Toşkent şahar hokimligi hududda fuqarolar xavfsizligini taminlaş hamda yuzaga kelişi mumkin bölgan noqulayliklarni kamaytiriş böyiça zarur çoralarni körmoqda. Vaziyat va olib borilayotgan işlar doimiy nazoratda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatidagi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ Mis boyitiş fabrikasining çiqindi saqlaş omboriga ketadigan magistral pulpa quvurida ham yoriliş yuz bergan edi.