Yevropaga işga jönatiş uçun $3 ming talab qilgan menejer uşlandi
Toşkent şahrining Çilonzor tumanida fuqaroni Slovakiyaga işga jönatiş va unga viza rasmiylaştirib berişni vada qilib, pul talab qilgan turfirma menejeri uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida mahalliy turfirma menejeri xorijga işga jönatiş faoliyati bilan şuğullaniş huquqiga ega bölmagan. Şunga qaramay, u Samarqand viloyatida yaşovçi fuqaroni Slovakiyaga işga jönatiş va unga viza rasmiylaştirib beriş evaziga 3 ming AQŞ dollari hamda 2,5 mln söm talab qilgan.
U talab qilingan puldan ming AQŞ dollari va 2,5 mln sömni olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Bildirilişiça, holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali Koreyaga işga jönatiş uçun qariyb 6 000 AQŞ dollari olgan şaxs uşlangani haqida xabar berilgan edi.