USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xorazmda yana murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli ötkazildi

992 марта
Xorazmda yana murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli ötkazildi
Xorazm viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazida yana bir murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi. 
1992 yilda tuğilgan bemor Axmedovga çap kökrak qafasi 6–7-qovurğalar hududida hajmli şiş, öng qalqonsimon oldi bezida tugunli xosila, oğriq sindromi va patologik siniş belgilari bilan taşxis qöyilgan edi. Bunday kasalliklar hozirgi tibbiyotda dolzarb muammolardan biri sanaladi va öz vaqtida hamda töğri jarrohlik aralaşuvini talab qiladi.
Viloyat köp tarmoqli tibbiyot  markazining torakal jarrohlik bölimi mutaxassislari Moskva şahridan taklif etilgan tajribali onkologlar  A. G. Salkov A.G. va Ş. B.Sattarov bilan hamkorlikda amaliyotni muvaffaqiyatli bajardilar. Mazkur amaliyot mahorat darsi  sifatida taşkil etildi va tibbiy kadrlar malakasini oşirişga xizmat qildi. 
Operatsiya davomida qovurğalardagi hajmli şiş radikal ravişda olib taşlandi. Hosil bölgan defektni bartaraf etiş uçun Rossiyada işlab çiqarilgan, yuqori texnologik ECOFLON-politetraftoretilenli setkadan foydalanildi. Bu material vaqt ötişi bilan suyak töqimasi örnini bosuvçi biologik birikma hosil qiladi va qayta şakllaniş jarayonini taminlaydi.
Şuni aytiş kerakki,  hajmli şişlarni öz vaqtida aniqlaş va jarrohlik yöli bilan davolaş ularning yomon sifatli ösmalarga aylaniş xavfini bartaraf etadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: