Xalqaro jarrohlar Orolböyidagi 300 nafar ehtiyojmand bemorni bepul operatsiya qildi
2-05-2025, 15:24
435 марта
Xalqaro jarrohlar Orolböyidagi 300 nafar ehtiyojmand bemorni bepul operatsiya qildiSoğliqni saqlaş vazirligi tomonidan yurtimiz böylab “Soğlomlaştiriş oyligi” ötkazilmoqda.
Uning doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kambağallik reyestriga kiritilgan aholi orasida kasalliklarni erta aniqlaş va bemorlarni yaşaş hududining özida davlat hisobidan soğlomlaştiriş çoralari körilyapti.
Etiborli jihati, uşbu aktsiyada Quvayt davlatining “Al-amal” xalqaro jarrohlik guruhi ham öz insonparvarlik missiyasi bilan iştirok etmoqda. Bu — ikki davlat rahbarlari tomonidan yölga qöyilgan va tobora mustahkamlanib borayotgan özaro döstona hamkorlik aloqalarining amaliy natijasidir.
Yurtimizga taşrif buyurgan 40 nafardan ziyod eng malakali xorijlik mutaxassislar hozirgina Nukus şahriga yetib keldi.
“Al-amal” xalqaro jarrohlik guruhi bir hafta mobaynida Qoraqalpoğiston Respublikasida böladi.
Şu asnoda Orolböyi mintaqasida joylaşgan tuman va şaharlarda ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan, şu jumladan, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotini ötkazişga muhtoj 300 nafarga yaqin bolalar, ayollar va erkaklar soğlomlaştiriladi.
Xususan, bu yerda tibbiyotning önlab yönalişi böyiça xayriya tarzida bajariladigan operatsiyalar Respublika şoşilinç yordam ilmiy markazi, Respublika ixtisoslaştirilgan Kardiologiya, Onkologiya va radiologiya hamda Köz mikroxirurgiyasi markazlarining mintaqaviy filiallari, şuningdek, Respublika köp tarmoqli kattalar va bolalar tibbiyot markazlarida ötkazilişi belgilangan.
Buning uçun belgilangan manzillardagi tibbiyot muassasalarida zarur şart-şaroitlar yaratilgan