USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Glinka köçasidagi portlaş sababi malum böldi

281 марта
Глинка кўчасидаги портлаш сабаби маълум бўлди

Toşkent şahrining Glinka köçasida yuz bergan avariyaga yerosti gaz quvuridagi sizib çiqiş sabab bölgani aniqlandi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq, “Hududgaz Poytaxt” gaz taminoti filiali mazkur hududdan yuqori bosimli gaz quvuri ötmagani hamda sodir bölgan hodisa tabiiy gaz tarmoqlari bilan boğliq emasligi, şuningdek, örganişlar davomida gaz sizib çiqişi bilan boğliq holatlar aniqlanmaganini malum qilgan edi. Biroq şahar hokimligi bergan malumot bu xabarning aksini körsatmoqda.

Poytaxt hokimligining dastlabki malumotlarga köra, diametri 219 mm bölgan yerosti gaz quvuridan sizib çiqqan gaz issiqlik tarmoği kamerasida töplanib, avariya holatini yuzaga keltirgan. Tekşiruv davomida gaz quvurining taxminan 375 kv sm (15×25 sm) maydonida bir neçta joydan gaz sizib çiqayotgani aniqlangan.

“Hozirgi vaqtda Toşkent şahar hokimligi uçun nafaqat hodisa oqibatlarini bartaraf etiş, balki uning sabablarini çuqur örganiş, muhandislik tarmoqlarining holatini tekşiriş va bunday holatlar takrorlanişiga yöl qöymaslik printsipial ahamiyatga ega”, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, ayni paytda soha mutaxassislari hodisa sabablari va barça tafsilotlarni batafsil örganişda davom etmoqda. Tekşiruv yakunlangaç, yöl qoplamasini tiklaş işlari davom ettiriladi va yaqin vaqt içida yöl transport harakati uçun oçiladi.

Şuningdek, mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakunlariga köra, aybdor şaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Eslatib ötamiz, keça, 3 sentyabr kuni Yakkasaroy tumanining Glinka köçasida yuqori bosimli truba yorilişi oqibatida yöl qoplamasining bir qismi öpirilgan edi. Hodisa oqibatida bir kişi jarohatlangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: