Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Özbekiston yöllarini tamirlaşga yordam beradi
11-06-2025, 13:10
345 марта

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Özbekiston yöllarini tamirlaşga yordam beradi
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan Özbekiston yöllarini tamirlaş borasida hamkorlik yuzasidan kelişuvga erişildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.Qayd etilişiça, keça, 10 iyun kuni Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yöllari qömitasi raisi Jamşid Tursunov Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining investitsiyalar bloki rahbari Konstantin Limitovskiy boşçiligidagi delegatsiya vakillari bilan uçraşgan.
Uçraşuvda avtomobil yöllarini rivojlantiriş borasida bank moliyaviy kömagida amalga oşirilayotgan loyihalar va istiqboldagi hamkorlik yönalişlari muhokama etilgan. Jamşid Tursunov Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan hamkorlikda mamlakatda yirik strategik loyihalar amalga oşirilayotganligi munosabati bilan öz minnatdorligini bildirgan.
Bundan taşqari, Qoraqalpoğiston Respublikasidagi (328,1 km) hamda Xorazm viloyatidagi (188 km) umumiy foydalanuvdagi mahalliy ahamiyatga ega 516,1 km avtomobil yöllari qismlarini töla tamirlaş loyihasi böyiça hamda istiqbolda hamkorlikni yanada kengaytiriş yuzasidan kelişuv amalga oşirilgan