Andijonda “zapravka”dan gaz olayotgan Spark portlab ketdi
Bugun, 5 sentyabr kuni Andijon viloyatining Andijon şahridagi avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçasida Spark avtomobiliga gaz quyiş vaqtida portlaş sodir böldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasin xabar berdi.
Malum qilinişiça, soat taxminan 11:15 da Andijon şahar “Andijon” MFY hududida joylaşgan avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçasida Spark rusumli transport vositasiga gaz töldiriş vaqtida portlaş sodir bölgan.
Hodisa oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etiş maqsadida barça kuç va vositalar zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.
Manbaga köra, çaqnaş oqibatida yonğin kelib çiqmagan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yöq.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namanganda avtomobillarga metan gaz quyiş şoxobçasida gaz yonilğisini töldirayotgan Nexia-2 maşinasining gaz balloni portlab ketgan edi.