USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Toşkentda yana fojia, otasiga “millat otasi” rutbasini bergan Lola Karimova, dahşatli, YTHga uçragan hokim, özgarayotgan bojxona – Hafta tahlili

292 марта
Тошкентда яна фожиа, отасига “миллат отаси” рутбасини берган Лола Каримова, даҳшатли, ЙТҲга учраган ҳоким, ўзгараётган божхона – Ҳафта таҳлили

Yana bir hafta, yana bir mavsum ortda qoldi. Kuz keldi. Daraxtlar barg tökadigan davr. Ammo, Toşkentda daraxtlar barg tökiş örniga, bor böyi bilan maşinalar ustiga ağdarilyapti. Yana qayerda? Markaziy köçalarda. Heç şu muammoning yeçimi topilmadi. To kimdir ölişi, ölgandayam biror çet ellik daraxt tagida qolib vafot etib, xorijiy matbuotda sazoyi qilinişimiz kerak çoği. Ungaça közimiz oçilmaydi. Oçilganda şu hafta Mirzo Uluğbek tumanida yölda yurib ketayotgan avtomobillar ustiga daraxtlar ağdarilmagan bölarmidi!? Qiziq-a? Yölda yurişga ham qörqib qoldi kişi. Bir yondan ustinga yangi köprik ağdarilsa, ikkinçi yondan daraxtlar böy taşlab tursa. Uçinçi yondan yer ostida nimadir portlab, yöl köçsa, maşinangga zarar yetsa, bu qanaqa şahar özi? Gapiraman desang gap köp.

Islom Karimov Prezident boşçiligida xotirlandi

Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimov vafot etganiga 10 yil töldi. Sentyabr oyi ananaga köra, Islom Karimovni xotirlaşdan boşlandi. Mamlakat Prezidenti Şavkat Mirziyoyev boşçiligida Prezident Administratsiyasi, Parlament va Hukumat azolari hamda poytaxt jamoatçiligi Islom Karimov faoliyat yuritgan Oqsaroy majmuasiga töplandi. Islom Karimov haykali poyiga gul qöyilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Marosimda Quron tilovat qilinib, duo öqildi. Islom Karimovning mamlakat mustaqilligi, tinçlik va barqarorlikni taminlaş, xalq farovonligini yuksaltiriş yölidagi xizmatlari yodga olindi.

Tadbirlarda Birinçi Prezidentning rafiqasi 78 yaşar Tatyana Karimova ham iştirok etdi. Ayni vaqtda oilaning boşqa azolari Özbekistonda istiqomat qilmaydi. Karimovning tönğiç qizi Lola bir neça yil avval AQŞga köçib ötganini elon qilgandi, ammo u oxirgi  vaqtlarda Frantsiyada köriniş beryapti, turmuş örtoği Temur Tillayev bilan ham ajraşgan. Uning qizi Maryam Toşkentda yaşayapti. 54 yoşni qarşilagan Gulnora Karimova esa hamon hibsda qolmoqda, uning farzandlari – öğli Islom va qizi Imon esa Londonda. Islom Karimovni xotirlaş tadbirlarida ular heç qaçon köriniş bermagan, faqat bir marta – 2017 yil sentyabrda Lola Karimova va Gulnoraning qizi Imon Toşkentdagi tadbirda iştirok etgan, xolos.

Lola Karimova garçi Toşkent, Samarqand va Qaşqadaryodagi xotira tadbirlarida iştirok etmagan bölsa-da, har yili marhum prezident Karimovning tavallud kuni va vafot etgan sanalarida ijtimoiy tarmoq orqali u bilan boğliq xotiralarini bölişib borişni kanda qilmaydi. Ötgan yili agar Özbekiston Suriyaga aylanmagan bölsa, bunda otasining alohida xizmatlari borligini aytişi orqali tana-daşnomlarga qolgan Lola Karimova bu safar marhumni xotirlarkan, u haqida iliq sözlar aytadiganlarga köp duç kelişi, hatto, xorijda uni taniganlar otasi haqida yaxşi sözlar aytişini hikoya qilib, Islom Karimovga “millat otasi” rutbasini berdi.

“Otamni Millat otasi – yangi davlat, mustaqil Özbekistonni barpo etgan va unga asos solgan, uning suveren davlat sifatida şakllantirgan hamda kelajakda ravnaq topişi uçun zarur bölgan davlat institutlarini yaratgan inson sifatida xotirasida saqlab kelayotgan barçaga öz taşakkurimni izhor etaman.

Men şunga guvohmanki, u kişi qaror qabul qilar ekanlar, bazan bu qarorlar nihoyatda oğir va murakkab bölişiga qaramay, doimo kelajak avlodlar haqida, Özbekistonning kelajagi haqida öylar edilar.

Xozirda ham men u kişining ruhi qayerdadir yaqinda, kuzatib turganini his qilaman”, deydi Lola Karimova.

Musayev ketdi. U suvdan quruq çiqdimi?

Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev, Agentlikning Koreyadagi vakolatxonasi sobiq rahbari Aziz Toştemirov, marmar göşt va jinsiy quvvatni oşiruvçi dori maşmaşasi esingizdami? Behzod Musayev kuz mavsumidagi tebranişlarni öz istefosi bilan boşlab berdi. U bu lavozimga 2024 yilning sentyabrida tayinlanganini inobatga olsak, Musayev agentlik direktori kursisiga naq 2 yil egalik qildi. Badiiyroq tus bersak, Musayevning agentlikdagi quyoşi kuzda çaraqlab, yana kuzda botdi.

Musayevdan böşagan örinni Özbekistonning Yaponiyadagi elçisi lavozimida işlagan Muxsinxöja Abdurahmonov egalladi.

Özbekiston Prezidenti Matbuot kotibi Şerzod Asadovning Telegram-kanalida elon qilişiça, Musayevning istefoga çiqarilişiga uning boşqa işga ötayotgani sabab bölgan. Biroq, 3 sentyabr kuni imzolangan Musayevning istefoga çiqarilişi haqida imzolangan qarordan ikki kun ötib ham uning yana qaysi işga ötkazilgani haqida malumotlar oçiqlanmadi. Jamoatçilik vakillari, jurnalistlar va faollar esa Musayevning lavozimidan ozod etilganini bir tomondan olqişlasa, ikkinçi tomondan Azizbek Toştemirovning unga nisbatan qöyilgan ayblovlari böyiça tekşiruv xulosalari oçiqlanib, uning aybsizligi isbotlanmaguniça, yangi lavozimga ötkazilişi xato bölişini aytmoqda. Faollar bu haqda bong urarkan, Musayev Soğliqni saqlaş vaziri lavozimida işlagan davrlarda mamlakatda “Dok-1 Maks” dorisi sababli 69 nafar bolaning vafot etgani va Musayev vazir ölaroq javob bermaganini eslayapti.

Xöş, özi Migratsiya agentligi atrofida qanday gaplar bolalagan? Joriy yilning may oyida Özbekiston Boş prokuraturasi Migratsiya agentligi, xususiy bandlik agentliklarining sobiq mansabdorlari va boşqalardan iborat uyuşgan jinoiy guruh Koreya davlatiga mehnat muhojiri sifatida işga yuboriş bilan boğliq korruptsion “sxema” yaratib, fuqarolardan rasmiy tölovlardan taşqari, firibgarlik yöli bilan 7-12 ming AQŞ dollaridan, qariyb 90 mln AQŞ dollari yiqqani haqida xabar bergan edi.

29 iyul kuni Jinoyat işlari böyiça Bektemir tumani sudida uşbu iş böyiça DXX sobiq mulozimlari – podpolkovnik Gançar Uzoqov, podpolkovnik Alijon Aşurov, Timur Şariksiyev va Suxrob Sayfutdinov ustidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora oliş) 3-qismi “a” va “b” bandlari, 243-moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş), 301-moddasi (Hokimiyatni suiistemol qiliş, hokimiyat vakolatidan taşqariga çiqiş yoki hokimiyat harakatsizligi) 1-qismi böyiça sud boşlangan. Jinoyat işlarida şaxsiy hayot bilan boğliq hamda qonun bilan muhofaza etiladigan boşqa malumotlar mavjudligidan kelib çiqib, jarayon yopiq sud majlisida körib çiqilişi belgilangan.

Boş prokuratura 90 million dollarlik korruptsion “sxema” haqida axborot bergan öşa haftada Taşqi mehnat migratsiyasi agentligida Koreyadagi vakolatxona rahbari lavozimida faoliyat olib borgan 35 yaşar Azizbek Toştemirov Interpol orqali xalqaro qidiruvga berilgani örtaga çiqdi. Köp ötmay, qayerdaligi nomalum bölgan Toştemirov Telegram’da “Koreya24” nomli kanal oçib, unga Migratsiya agentligi rahbariyati, xususan Behzod Musayevnikiligi aytilgan audioyozuvlar va yozişmalar suratlarini joylaşni boşladi.

Unda Behzod Musayev qimmatbaho sovğalar, davlat hisobidan 150 ming dollarlik maşina, premium dökonlardan xarid qilinadigan göşt mahsulotlari talab qilgani, hatto, jinsiy quvvatni oşiruvçi dori vositasi yuborişni söragani haqida jiddiy ayblovlar ilgari surilgan. Azizbek Toştemirov öz kanalida barça holatlar böyiça faktlar yetarli ekani, huquqni muhofaza qiliş organlariga taqdim etişga tayyorligini bildirgan. Joriy yilning 20 iyun kuni Migratsiya agentligi şov-şuvli holat böyiça rasmiy munosabat elon qilib, iddao qilingan holatlarni aniqlaş böyiça huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlik qilinayotganini bildirgan edi. Biroq, qöyilgan ayblovlar böyiça olib borilgan işlar natijalari oradan ikki yarim oy ötsa hamki oçiqlanmadi.

QALAMPIR.UZ Musayevning istefosidan xabar topgan zahoti, Boş prokuratura va Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi bilan boğlandi. Manbaning malum qilişiça, ayni vaqtda Musayev ustidan heç qanday tekşiruv boşlanmagan. Xullas, Bağdodda hammayoq tinç. Behzod Musayev va agentlikning boşqa mansabdorlariga nisbatan qator ayblovlar bilan çiqayotgan Toştemirovning nomi esa iyul oyi örtalariga kelib, Interpol qidiruvidagi şaxslar röyxatidan ğoyib böldi. Rasmiy idoralar bunga izoh bermadi.

Zafarobod hokimi mudhiş YTHga uçradi

Jizzax viloyatining Zafarobod tumani hokimi Ğayratjon Eşpölatov öziga biriktirilgan “KIA Seltos” rusumli xizmat avtomobilida yöl-transport hodisasiga uçradi. Avtomobil katta yuk maşinasining orqa tomoniga urilgani va rulda hokimning maktabda öqiydigan öğli bölgani aytilmoqda.

Hodisa Zafarobod tumani “Nurafşon” MFY hududidan ötuvçi yölda joriy yilning 30 avgust kuni tongi soat 07:45 da sodir sodir bölgan bölsa-da, uning isi 2 sentyabr kuni çiqdi. Şundan söng, Zafarobod tumani hokimligi rasmiy axborot berdi. Bayonotda aytilişiça, yuk avtomobili hokim ötirgan maşinaning yöliga çiqib ketgan, rul boşqaruvida esa hokimning özi bölgan.

“Haydovçilik faoliyati bilan şuğullanuvçi Möminov “MAZ” rusumli yuk avtomaşinasini Zafarobod yönalişida boşqarib borayotib, çap tomonga buriliş vaqtida qarama-qarşi yönalişda harakatlanib kelayotgan Zafarobod tumani hokimi Ğayrat Eşpölatov boşqaruvidagi “KIA SELTOS” rusumli xizmat avtomaşinasining harakat yöliga çiqib ketgan. Natijada töqnaşuv sodir bölgan. Yöl-transport hodisasi oqibatida tuman hokimi Ğayrat Eşpölatov hamda avtomaşinada yölovçi sifatida bölgan uning voyaga yetmagan öğli turli darajadagi tan jarohatlari bilan Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. Möminov esa tan jarohati olmagan”, deyiladi hokimlik bayonotida.

Yöl-transport hodisasi ortidan Zafarobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yakkasaroyda portlaş ovozi

3 sentyabr kuni Yakkasaroy tumanining Glinka köçasida yuqori bosimli truba yorilişi oqibatida yöl qoplamasining bir qismi öpirildi. Trubaning yorilişi bir vaqtning özida ham kuçli portlaş şovqini, ham çang-tözon bilan sodir bölgan. Hodisa oqibatida bir kişi jarohatlangan. Bir neça avtomobillar jiddiy zarar körgan.

Toşkent şahar hokimligining axborotiga köra, hodisaga yerosti gaz quvuridagi sizib çiqiş sabab bölgan. Biroq, “Hududgaz poytaxt” gaz taminoti filiali mazkur hududdan yuqori bosimli gaz quvuri ötmagani hamda sodir bölgan hodisa tabiiy gaz tarmoqlari bilan boğliq emasligi, şuningdek, örganişlar davomida gaz sizib çiqişi bilan boğliq holatlar aniqlanmaganini aytmoqda.

Poytaxt hokimligining dastlabki malumotlariga köra, diametri 219 mm bölgan yerosti gaz quvuridan sizib çiqqan gaz issiqlik tarmoği kamerasida töplanib, avariya holatini yuzaga keltirgan. Tekşiruv davomida gaz quvurining taxminan 375 kv sm (15×25 sm) maydonida bir neçta joydan gaz sizib çiqayotgani aniqlangan.

“Hozirgi vaqtda Toşkent şahar hokimligi uçun nafaqat hodisa oqibatlarini bartaraf etiş, balki uning sabablarini çuqur örganiş, muhandislik tarmoqlarining holatini tekşiriş va bunday holatlar takrorlanişiga yöl qöymaslik printsipial ahamiyatga ega”, deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.

Voqea joyiga zudlik bilan Toşkent şahar hokimi Şavkat Umurzoqov va tegişli idoralar rahbarlari yetib borgan. Holatga guvoh bölib, uni telefon kameralariga muhrlaganlarning aytişiça, Umurzoqov tuman hokimi Nilufar Allaberganovani köpçilik oldida qattiq koyigan.

Ayni vaqtda mazkur holat ortidan jinoyat işi qözğatilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakunlariga köra, aybdor şaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilişi aytilmoqda.

Şu örinda qistirib ötiş örinliki, Toşkent şahar hokimiyati oxirgi vaqtlarda sodir bölayotgan avariyali holatlar böyiça elon qilayotgan bayonotlarida, aybdorlarga tegişli tartibda çora körilişi va axborot berilişini malum qilsa-da, köplab holatlar yeng içida qolib ketmoqda. Bundan bir oy avval Olmazor tumani Beruniy köçasi hududida olib borilayotgan qurilişda sodir bölgan fojiada bir kişi jarohatlanib, köp qavatli uyga jiddiy zarar yetgan edi. Hodisa ortidan jinoyat işi qözğatilgani malum qilindi, biroq oradan bir oydan oşiq vaqt ötdi hamki, hodisaning boşqa tafsilotlari va jinoyat işiga oid materiallar elon qilinmadi.

Tailand özbekistonliklarga vizasiz rejimni bekor qildi

Tailand 93 ta mamlakat, jumladan, Özbekiston uçun amal qilayotgan 60 kunlik vizasiz rejimni bekor qildi. Mamlakat Hukumati tegişli qarorni 26 avgust kuni qabul qilgan va u 15 sentyabrdan kuçga kiradi.

Endi Özbekiston fuqarolari mamlakatga kiriş uçun Qirollikning rasmiy elektron viza portali orqali elektron viza anketasini töldirib, kiriş vizasini olişlari mumkin. Elektron viza anketasi töldirilgandan söng, viza uçun tölovni amalga oşiriş uçun fuqaro Tailand Qirolligining Rossiya Federatsiyasidagi Moskva şahrida joylaşgan elçixonasiga şaxsan borişi kerak.

Hukumatning uşbu qarorga kelişiga 60 kunlik yengillikdan foydalanib, köplab xorijliklar turist sifatida kirib, noqonuniy işlaş, masofaviy mehnat qiliş yoki çegaradan çiqib-kirib, mamlakatda noqonuniy uzoq muddat yaşaş holatlari köpayib ketgani sabab bölgan.

Özbekiston vizasiz sayohat rejimidan çiqarib taşlangan bölsa, Mustaqil davlatlar hamdöstligidan Rossiya, qöşni Qozoğiston va Qirğiziston 30 kunlik vizasiz rejim imkoniyatini özida saqlab qolmoqda.

Vizasiz rejim butkul bekor qilingan va oldindan viza talab etiladigan MDH davlatlari qatoriga Özbekistondan taşqari Tojikiston, Turkmaniston, Armaniston, Moldova kiritilgan. Ozarbayjon va Belarus fuqarolariga esa faqat mamlakatga borganda, çegarani kesib ötişda viza oliş imkoniyati berilgan.

Tailand Hukumati Özbekiston borasida bunday qarorga kelişi bejiz emas, albatta. Oxirgi vaqtlarda Tailandda özbekistonliklar bilan boğliq jinoyatlar soni ortib bormoqda. Xususan, joriy yilning iyun oyida Tailandni tark etişi kerak bölgan ikki Özbekiston fuqarosi Puket xalqaro aeroportida bojxona xodimlari tomonidan yuklari içiga yaşirilgan 26 kilogrammdan ortiq kannabis bilan uşlangandi.

Tört özbekistonlik terrorizmda ayblanmoqda

Tugayotgan haftada Janubiy Koreyada tört nafar özbekistonlik Suriyadagi terrorçi guruhga pul va transport vositalarini yuborganlikda ayblanib qölga olindi. Ular terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraş töğrisidagi qonunni buzganlikda gumonlanmoqda.

Törtovlon 2025 yilning aprelidan boşlab taxminan sakkiz oy davomida “Katibat at-Tavhid val-Jihod” terrorçilik taşkilotiga 6,3 million von (taqriban 4600 AQŞ dollari) qiymatidagi kriptovalyuta yuborgani aytilyapti.

Ulardan biri öşa davrda guruhdan kriptovalyuta olganlikda gumon qilinmoqda va bu pullarga umumiy qiymati 170 million von (taqriban 126 ming 500 dollar)ga teng bölgan 11 ta minilgan avtomobil hamda ikkita ekskavator sotib olib, ularni Suriyaga jönatgan. Tergovçilarning fikriça, gumonlanuvçining guruh bilan rasmiy aloqalari yöq, biroq u taşkilot azosi bölgan ukasi bilan aloqaga çiqqanidan söng, uni qöllab-quvvatlay boşlagani aniqlangan.

Gumonlanuvçi Interpol tomonidan qizil xabarnoma bilan qidiruvga berilganidan bir oy ötib, yani aprel oyida hibsga olingan. Şundan söng unga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilib, ayblov elon qilingan. Uşbu operatsiya Özbekiston huquqni muhofaza qiluvçi idoralar bilan hamkorlikda amalga oşirilgan.

Qolgan 3 nafar Özbekiston fuqarosi asosiy gumonlanuvçiga minilgan avtomobillarni topiş kabi işlarda yordam berganlikda ayblanmoqda. Ular hibsga olinmagan holda politsiya tomonidan söroq qilingan. Asosiy gumonlanuvçi öz vatandoşlaridan birining nomiga röyxatdan ötgan minilgan avtomobillar eksporti kompaniyasini boşqargani aytilmoqda.

Bojxona talablari özgardi

Özbekistondan deklaratsiyasiz olib çiqiş mumkin bölgan naqd pul miqdori 10 ming dollar etib belgilandi. Bu haqda Prezident tomonidan imzolangan “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillaştiriş va bojxona mamurçiligida zamonaviy yondaşuvlarni joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonda aytilgan.

Bundan buyon Özbekiston hududidan 10 ming AQŞ dollari ekvivalentidan ortiq miqdorda pul olib çiqsangiz, deklaratsiya töldirasiz.

2027 yil dekabr oyiga qadar bu özgariş közda tutilgan qonun loyihasi işlab çiqiladi.

Şuningdek, Özbekistonda 2027 yil 1 yanvardan yagona bojxona tölovi tovarning bojxona qiymatidan 20 foiz miqdorida, biroq har bir kilogramm uçun 2 AQŞ dollaridan kam bölmagan miqdorda belgilanadi. Amalda bojxona bojidan ozod qiliş va nol stavkani qöllaş böyiça berilgan imtiyozlar ularning amal qiliş muddati tugaguniga qadar saqlab qolinadi. Bojxona boji böyiça muddatsiz berilgan imtiyozlarning amal qiliş muddati esa 2029 yil 1 yanvargaça etib belgilanadi.

Şuningdek, bojxona orqali import-eksport jarayonlarini amalga oşirişda bir qança talablar bekor qilinmoqda. 2026 yil 1 sentyabrdan taşqi savdo şartnomasini tuzmasdan invoys asosida importni amalga oşirişda xorijiy hamkorga oldindan tölov ötkaziş çeklovi va taşqi savdo şartnomasini tuzmasdan invoys asosida eksportni amalga oşirişda oldindan 50 foiz tuşumni taminlaş bekor qilindi.

Yana 1 sentyabrdan tovarlar eksportini milliy valyutada amalga oşirişda oldindan tölovni taminlaş yoki tölovning kafolatli şakllarini (akkreditiv, bank kafolati, suğurta polisi) taqdim etiş hamda oziq-ovqat mahsulotlarini sinovdan ötkaziş uçun mahsulot namunasi yetarli bölmaganda, sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylaştiriş talablari ham bekor qilindi.

Şu qatorda, 1 sentyabrdan bojxona rasmiylaştiruvi jarayonida biologik aktiv va yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qöşimçalari, polimer, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini olib kiriş uçun ruxsatnoma, şuningdek, dori vositalari hamda tibbiy jihozlar davlat röyxatidan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnomani taqdim etiş ham şart bölmaydi.

Özbekiston uçun AES qançaga tuşyapti?

Rossiyaning “Rosatom”i tomonidan Jizzaxda qurilayotgan atom elektr stantsiyasi loyihasining umumiy qiymati 9,5 milliard dollar böladi. Jarayonda 3 mingga yaqin turdagi mahsulot va uskunalardan foydalaniladi. Prezident Şavkat Mirziyoyev tugayotgan haftada Jizzaxda integratsiyalaşgan atom elektr stantsiyasi hamda unga yondoş zamonaviy şaharça barpo etiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar taqdimoti bilan tanişdi.

Rasmiy Toşkent tarifiça, atom energetikasini rivojlantiriş mamlakat energetik xavfsizligini mustahkamlaş, barqaror bazaviy elektr generatsiyasini yaratiş va energiya manbalarini diversifikatsiya qilişda strategik ahamiyatga ega.

Atom elektr stantsiyasi loyihasi joriy yil 4 iyundan qurilişning faol bosqiçiga ötdi. Bugungi kunga qadar reaktor binosi uçun kotlovan qaziş işlari töliq yakunlanib, 1 million kub metrdan ortiq tuproq qazib olingan. Poydevor plitasining bir qismiga 916 kub metr beton quyilgan. Quriliş-montaj bazasidagi 100 gektar maydonda yer işlari bajarilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, loyihada mahalliy mahsulotlar uluşi 21 foiz yoki 1,9 milliard dollarni taşkil etadi. Davlat rahbari bu körsatkiç yetarli emasligini aytgan.

Loyihada mahalliy mahsulotlar uluşini kamida 30 foizga yetkaziş, quriliş-montaj işlarining 65 foizini milliy korxonalar tomonidan bajariş hamda 7 ming nafar mahalliy işçi va mutaxassisni jalb etiş vazifasi qöyilgan.

Şu maqsadda Foriş tumanida 200 gektar maydonda quriliş materiallariga ixtisoslaşgan sanoat zonasini taşkil etiş, unda kamida 100 ta qöşma korxonani joylaştiriş va texnologiyalar transferi orqali 15 ta yönalişda mahsulot işlab çiqarişni mahalliylaştiriş taklif etilgan. Prezident uşbu taklifni maqullab, sanoat zonasi iştirokçilariga soliq va bojxona imtiyozlarini tatbiq etiş böyiça qaror loyihasini yil yakuniga qadar kiritiş vazifasini qöygan.

Bunda quriliş sifati va xavfsizligi eng ustuvor masala bölişi şartligi, barça işlar Xalqaro atom energiyasi agentligi talablari va xalqaro standartlarga muvofiq töliq amalga oşirilişi urğulangan.

Loyiha faqat reaktorlar va elektr tarmoqlaridan iborat bölmaydi. Stantsiya yaqinida 33 ming aholiga möljallangan atomçilar şaharçasi ham barpo etiladi. 100 gektarlik hududda qariyb 10 mingta xonadon qurilişi közda tutilgan. Şundan 3 mingta xonadon birinçi bosqiçda bunyod etiladi. Şaharçada maktablar, boğçalar, tibbiyot, sport va madaniyat obektlari, ilmiy institutlar hamda yaşil hududlar böladi.

Şuningdek, stantsiyaning normal işlaşi uçun katta hajmdagi taşqi infratuzilma ham yaratiladi. Xususan, 388 kilometr elektr tarmoqlari, 110 kilovoltli podstantsiya, 21 kilometr içimlik suvi, 120 kilometr texnik suv quvurlari, 39,5 kilometr avtomobil yöli va 11 kilometr temir yöl qurilişi rejalaştirilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: