Lola Karimova Islom Karimovga “millat otasi” rutbasini berdi
Islom Karimov biror qaror qabul qilganida, bazan bu qarorlar nihoyatda oğir va murakkab bölişiga qaramay, doimo kelajak avlodlar haqida, Özbekistonning kelajagi haqida öylagan. Bu haqda uning kenja qizi Lola Karimova özining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozdi.
Bugun, 2 sentyabr kuni Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimov vafotiga ön yil töldi. Karimov vafotidan keyin uning oilasi taqdiri butkul özgarib ketdi. 2013 yildayoq mahkamaga tortilgan Gulnora Karimova ayni vaqtda ham qamoqda saqlanmoqda. Uning farzandlari mamlakat taşqarisida. Oilaning kenjasi Lola Karimova esa mamlakatni tark etib, AQŞdan qönim topgan, u yaqinda turmuş örtoği Temur Tillyayev bilan ham ajraşganini ovoza qildi. Şuningdek, qizi Maryam bilan ham munosabatlarni uzgan. 78 yoşni qarşilagan Tatyana Karimova esa Toşkentda istiqomat qilyapti.
Har yili Karimovlar oilasi vakillari ijtimoiy tarmoqlar orqali Islom Karimovni xotirlaşi ananaga aylangan. Lola Karimova bu safar otasi bilan boğliq voqealarni xotirlamadi, aksinça, Islom Karimovni xotirlayotgan, u haqida iliq fikrlarni aytayotganlarga minnatdorlik bildirdi.
“Bugun otam olamdan ötganlariga roppa-rosa ön yil böldi.
Aytişlariça, inson şaxsiyati qançalik buyuk bölsa, uning bosib ötgan yöli va qoldirgan merosini çinakam anglaş va munosib baholaş uçun şunçalik köp vaqt kerak böladi. Bu xuddi ulkan sayyoraga öxşaydi: u qançalik katta bölsa, uni tölaligiça köriş uçun şunçalik uzoqroq masofadan qaraş kerak. Menimça, bu yerda ham xuddi şunday.
Yillar ötgan sari men buni tobora aniqroq köryapman, his qilyapman va anglayapman. Samarqandda qabrlariga borganimda, u kişini ziyorat qiliş, duo qiliş uçun kelayotgan insonlarni körganimda. Bugun ertalab Moskvadan kelgan suratlarda u kişining haykali poyiga odamlar kelganini körganimda. Dunyoning turli burçaklarida – Parijda yoki qayerda bölmayin – vatandoşlarimni körganimda. Ular doimo otam haqida iliq va yaxşi sözlar aytadilar, menga esa yaqin, qadrdon insondek munosabatda böladilar. Bu men uçun juda qadrli.
Bugun otamni xotirlayotgan, u kişini yaxşi sözlar bilan yodga olayotgan barça insonlarga çin qalbimdan, butun yuragim bilan minnatdorlik bildirmoqçiman”, deydi Lola Karimova.
U sözida davom etarkan, marhum otasina “millat otasi” rutbasini bergan.
“Otamni Millat otasi – yangi davlat, mustaqil Özbekistonni barpo etgan va unga asos solgan, uning suveren davlat sifatida şakllantirgan hamda kelajakda ravnaq topişi uçun zarur bölgan davlat institutlarini yaratgan inson sifatida xotirasida saqlab kelayotgan barçaga öz taşakkurimni izhor etaman.
Men şunga guvohmanki, u kişi qaror qabul qilar ekanlar, bazan bu qarorlar nihoyatda oğir va murakkab bölişiga qaramay, doimo kelajak avlodlar haqida, Özbekistonning kelajagi haqida öylar edilar.
Xozirda ham men u kişining ruhi qayerdadir yaqinda, kuzatib turganini his qilaman.
Yana bir bor barçangizga çin qalbimdan taşakkur aytib, otam — Mustaqil Özbekistonning Birinçi Prezidenti xotirasiga bölgan hurmat va ehtiromingiz uçun çeksiz minnatdorçiligimni bildirmoqçiman”, deydi Karimova oilasining kenjasi.